Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:44

“Gazprom” rahbari Toshkentda o‘zbek gazini sotib olish masalasini muhokama etadi


Rossiyaning “Gazprom” shirkati rahbari Aleksey Miller O‘zbekistondan tabiiy gaz xarid qilish, shuningdek, mamlakat hududidagi investitsion loyihalarni ishga tushirish masalalarini muhokama qilish uchun Toshkentga kelgan.

“Gazprom” shirkatiga ko‘ra, janob Millerning 29 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan uchrashishi rejalangan.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Moskvada rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedev bilan muzokaralari ortidan o‘tkazilmoqda.

Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvida O‘zbekistondan Rossiyaga gaz sotilishi muhokama etilgan.

Xususan, “Gazprom” va “O‘zbekneftegaz” o‘rtasida o‘zbek gazi xaridi bo‘yicha o‘rta muddatli shartnoma tuzishga kelishilgan.

Rossiya O‘zbekistondan 2017 yilda 5 milliard kub metr gaz sotib olishni rejalamoqda. Bu hajm o‘tgan yilgidan 20 foizga kamdir.

Rossiya 2016 yilda O‘zbekistondan xarid qilgan gaz hajmi 6,2 mlrd kubometr bo‘lgan.

O‘tgan yili O‘zbekiston Rossiyaga 6.2 milliard kub metr gaz sotgan. Lekin, “Gazprom” O‘zbekiston gazini qanday narxda sotib olishini ochiqlamay keladi.

“Gazprom” shirkati rahbari Aleksey Miller, shuningdek, O‘zbekistonda infestitsion loyihalarni muxokama qiladi.

“Gazprom” va “O‘zbekneftgaz” shirkatlari 2002 yilda imzolangan strategik hamkorlik kelishuvi doirasida Ustyurt platosidagi “Jel” konida gaz kondensatini o‘zlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

O‘zbekiston yiliga 65 milliard kub metr gaz qazib oladi. Gaz qazib olish bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari orasida uchinchi o‘rinni egallaydi.

O‘zbek gazining asosiy xaridori Rossiya hisoblanadi.

“Gazprom” tomonidan sotib olinayotgan gaz "O‘rta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali transportirovka qilinadi.

O‘zbekistonni o‘zida esa aholi har yili qish mavsumida gaz taqchilligidan aziyat chekadi.

XS
SM
MD
LG