Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:18

Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochilishi kutilmoqda


 Gruziya Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi boshlig‘i Georgiy Gaxariya va Oliy Majlis Senati raisi Sodiq Safoev
Gruziya Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi boshlig‘i Georgiy Gaxariya va Oliy Majlis Senati raisi Sodiq Safoev

O‘zbekiston Gruziyada diplomatik vakolatxona ochishga hozirlanmoqda. Bu haqda Gruziyada o‘zbek-gruzin tomonlarining parlament va qator vazirliklar darajasidagi uchrashuvlar davomida ma’lum qilindi.

Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari, Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi Sodiq Safoev boshchiligidagi delegatsiya tarkibiga O‘zbekiston Iqtisodiyot vaziri muovini Shuhrat Ismoilov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Aksionerlik jamiyati raisi muovini Davron Dehqonov, Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi vakillari kiritilgan.

Sodiq Safoev boshchiligidagi delegatsiya Gruziya parlamentida qabul qilindi
Sodiq Safoev boshchiligidagi delegatsiya Gruziya parlamentida qabul qilindi

Tbilisi safari davomida o‘zbek rasmiylari Gruziya Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi boshlig‘i Georgiy Gaxariya va parlament spikeri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashdi.

Gruziya Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi rasmiysi David Gongadze Ozodlik bilan suhbatda uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning o‘zaro muhimligi va Gruziya geografik joylashuvi, qonunchiligi va biznes muhiti tomonidan yaratilgan qulay sharoitlarning o‘zaro hamkorlik uchun qulayligiga e’tibor qaratilganini bildirdi.

(Irakliy Kobaxidze va Sodiq Safoev uchrashuvi)

Aytilishicha¸ tomonlar turizm, aloqa, tashqi savdo va ishlab chiqarish sohasida o‘zaro foydali yangi loyihalarni rejalashtirish masalalarini muhokama qilgan.

Gruziya Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi bayonotiga ko‘ra¸ O‘zbekiston va Gruziya rasmiylari eksport imkoniyatlarini kengaytirish, erkin savdo rejimida mahsulotlar tranzitini ta’minlash va ikki tomonlama huquqiy asoslarni yaratish borasida kelishib olgan.

"Transport sohasi va yuk tranziti Gruziya - O‘zbekistonning ikki taraflama munosabatlaridagi eng muhim yo‘nalishdir. O‘zbekiston tomoni Gruziyaning transport-logistika salohiyatiga qiziqish bildirib, nafaqat ikki tomonlama, balki mintaqaviy va ko‘p tomonlama hamkorlikni taklif etmoqda", deyiladi rasmiy xabarda.

O‘zbek delegatsiyasi safari davomida o‘zaro elchixona ochish masalasi ham muhokama qilingan.

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan yili 2012 yilga nisbatan 184 foizga oshib, 81 million AQSh dollarini tashkil etgan.

XS
SM
MD
LG