Линклар

Shimoliy Irlandiyadagi eng yirik quyosh energiyasi zavodi ishga tushdi. Antrim shahrida joylashgan zavod 11 mingdan ortiq uyga etadigan elektr toki ishlab chiqaradi.

Zavod Antrim grafligining besh hududida o‘rnatilgan quyosh batareyalari tarmog‘idan iboratdir.

Zavodni ishga tushirgan Lightsource shirkati direktori: “Bu Irlandiya orolidagi eng yirik quyosh energiyasi loyihasidir”, dedi.

“Quyosh energiyasi faqatgina toza, qayta tiklanadigan energiya manbai emas. U yana o‘z xarajatini o‘zi ko‘taradi va uni tez va samarali ravishda yo‘lga qo‘yish mumkin”, deya qo‘shimcha qildi direktor.

Shimoliy Irlandiya 2020 yilgacha qayta tiklanadigan energiya hissasini 40 foizga ko‘tarmoqchi.

O‘tgan yilda Lightsource shirkati Angliyada Yevropadagi eng yirik suvda qalqib turuvchi quyosh batareyalari tizimini ishga tushirgan edi.

XS
SM
MD
LG