Линклар

18 декабр 2017, Тошкент вақти: 00:31

Bozor yetakchiligini qo‘ldan boy bergan Samsung shirkati Galaxy S8 smartfonini e’lon qildi. Avvalroq Samsung yonib ketishga moyil bo‘lgan Galaxy Note 7 smartfonini bozordan qaytarib olgan edi.

Samsung shirkati Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatganidan keyin 5,5 milliard dollar zarar ko‘rgan edi.

Galaxy S8 smartfonining ikki versiyasi chorshanba kuni Nyu-Yorkda e’lon qilindi. Mazkur apparat 21 aprel kuni Kanada, Janubiy Koreya va AQShda sotuvga chiqariladi. Bir haftadan keyin esa boshqa hududlarda sotuvga chiqariladi.

Shirkat Galaxy S8 smartfoni 2016 yil sotuvga chiqarilgan Galaxy Note 7 smartfonidan ko‘proq sotilishini kutmoqda.

Counterpoint izlanish shirkati hisoblariga ko‘ra, Samsung joriy yilda 53 million Galaxy S8 smartfonini sotishi mumkin.

AQShda yangi smartfonning kichikroq versiyasi narxi taxminan 700 dollar, kattarog‘i narxi esa 840-850 dollar bo‘lishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG