Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:50

Ijtimoiy tarmoqlarda Karimovga qo‘yiladigan yodgorliklar loyihalari surati paydo bo‘ldi


Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Islom Karimovga xotirasiga o‘rnatilajak yodgorliklar namunalari suratlari e’lon qilindi. Suratlarni tarmoqqa joylashtirgan Facebook yuzeri Amir Sharifullinning yozishicha, ular “I.A.Karimovga o‘rnatilajak yodgorliklarning eng yaxshi me’moriy loyihasi tanlovi”ga taqdim etilajak loyihalar suratlaridir.

Prezident Shavkat Mirziyoev 25 yanvar kuni imzolagan yangi farmonga ko‘ra¸ 30 yanvarь – Karimov tavalludi oldidan Toshkent xalqaro aeroporti¸ Toshkent davlat texnika universiteti, Asaka avtomobil zavodi, Farg‘onadagi san’at saroyiga mustaqil O‘zbekiston 1-prezidenti Islom Karimov nomi beriladigan bo‘lgan edi.

Shavkat Mirziyoevning "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi farmoni bilan Karimovning dafn marosimini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi 2 sentabr kuni jamoatchilikka e’lon qilingan qarori ijro etildi.

Bu qarorda O‘zbekiston Oliy Majlisi ikkala palatasi rahbarlari va dafn komissiyasi raisi¸ Bosh vazir Shavkat Mirziyoev "xalqimizning, korxonalar, tashkilotlar, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilikning fikrini hisobga olib, bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin" deya topshiriq berilgan edi.

"Xalq va jamoatchilik"dan tushgan bu takliflarning prezident farmoni bilan ijroga topshirilganlari orasida:

"Poytaxt Toshkentda¸ Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida" haykal o‘rnatish¸ Oqsaroy qarorgohida (O‘zbekiston ko‘chasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha joylashtirish; Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish"¸ butun mamlakat bo‘ylab shaharlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomini berish¸ har yili Karimov tug‘ilgan 30 sentabr va vafot etgani rasman e’lon qilingan 2 sentabrni alohida nishonlash¸

talabalar uchun Karimov nomidagi stipendiya tashkil etish¸

"Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish va

Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish" topshiriqlari bor.

XS
SM
MD
LG