Линклар

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘rniga Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 31 mart kuni imzolagan farmonga muvofiq Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi zimmasiga O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vazifalari yuklatiladi.

Qo‘mita vazifasi “O‘zbekiston sarmoya potentsialidan to‘laroq foydalanish, investitsiya muhitini takomillashtirish, chet el investitsiyalari uchun maksimal shart-sharoit yaratish, xalqaro moliya institutlari, yetakchi xorijiy shirkatlar va bank tizimlari bilan hamkorlikni kengaytirish va jalb etilgan sarmoyalarning samaradorligini oshirish”dan iborat bo‘ladi.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiritiladi va uning faoliyati ustidan nazorat bosh vazir birinchi muovini Ochilboy Ramatov zimmasiga yuklatiladi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini uzoq yillar davomida boshqarib kelgan vazir Elyor G‘aniev taqdiri noma’lum qolmoqda.

Hukumat doiralariga yaqin Ozodlik manbasiga ko‘ra, yangi qo‘mitaning to‘laqonli faoliyati iyun oyidan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.

XS
SM
MD
LG