Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:26

Buxoroda qochqinlikdagi akasi haqida so‘roq qilingan 18 yashar yigit vafot etdi


Hibsga olinishidan oldin Kamolov R. o‘zi huquq himoyasi bilan shug‘ullangan
Hibsga olinishidan oldin Kamolov R. o‘zi huquq himoyasi bilan shug‘ullangan

O‘zbekistonda “hizbchilik” va “ekstremizm”da ayblanib Rossiyada qidiruvga berilgan qochqin Rahmiddin Kamolovning ukasi Ilhom o‘zbek maxfiy xizmatlari tomonidan so‘roqqa tutilganidan keyin vafot etdi va Buxoroda dafn etildi.

Bu haqda xabar bergan Rahmidinning himoyachilari Rossiya Bosh prokuraturasi ekstraditsiya tekshiruvi ostida qolayotgan o‘zbek muhojiriga “Hizb-ut Tahrir” tashkilotiga a’zolidan tashqari “terrorchilik” moddasi qo‘yilayotganini gapirmoqda.

“Memorial” tashkiloti Rahmiddin Kamolovning himoyachilariga ham oxirgi paytlarda jiddiy bosim kuchayganidan xavotir bildirmoqda.

“Uyimda ikkinchi marotaba tintuv o‘tkazishdi”

Rossiya maxfiy xizmati - FSB qamoqda 7 oydan buyon O‘zbekiston so‘rovi bilan ekstraditsiya tekshiruvi ostida qolayotgan buxorolik qochqin Rahmiddin Kamolovga yangi ayblovlarni qo‘ymoqda.

O‘zbekistonlik mahbusning himoyasini ta’minlayotgan markaziy osiyolik diniy va siyosiy qochqinlarga ko‘maklashuvchi Moskvadagi “Yordam” tashkiloti rahbari Bahrom Hamroev FSBning markaziy idorasi – Lubyankaga chaqirtirilib,Rahmiddin Kamolov masalasida alohida so‘roq qilinganini Feysbuk sahifasida ma’lum qildi.

Ozodlik bilan suhbatda Bahrom Hamroev oxirgi yarim yil ichida niqoblilar tomonidan uyida ikkinchi marotaba tintuv o‘tkazilganini aytib berdi.

- 28 mart kuniFSB xodimlari ikkinchi marotaba uyinmda tintuv o‘tkazdi. Ularning talablaridan shuni angladimki, FSB xodimlari Rahmiddin Kamolov ishini oxirigacha olib bormasligimni maqsad qilib kelgan. Ertalab soat 6 da tintuv qilib, meni FSBning Lubyankadagi binosiga taklif qilishdi. Tushunmadim bularni: 35 odam kelibdi tintuvga! Maskalarda kelib, uyimni o‘rab olishdi. O‘zlarini madaniyatli tutgani bilan, qo‘shnilar nima hayolga borgan bo‘lsa?! Lubyankada asosan buxorolik Rahmiddin Kamolov haqida bo‘ldi. Bu bola menga Moskvada yordamchi-yurist bo‘lib ishlagan. “Hizb-ut Tahrir”ni a’zosi bo‘lganmi-bo‘lmaganmi?”, deb savol berayapti, dedi bunday iddaolarni qat’iyan inkor etganini gapirgan Bahrom Hamroev.

Rossiyaning Russia Today telekanalida “FSB Povoljye va Moskvada maxfiy terrorchilar guruhini fosh etdi” videoreportaji paydo bo‘ldi. Unda “aniqlangan terrorchilar” qatorida “Memorial” faoli Bahrom Hamroev uyida o‘tkazilgan tintuv kadrlari namoyish etilganini ko‘rish mumkin.

(RT kanali reportaji)

Bundan bir necha yil oldin Ozodlik Rahmiddin Kamolov hibsga olinishidan oldin videointervyusini e’lon qilgandi.

Unda buxorolik dindor yigit o‘ziga nisbatan O‘zbekistonda qo‘yilayotgan ayblovlarni rad etib, biror noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanmaganini bildirgan edi.

Rahmiddinning yaqinlari O‘zbekistonda so‘roqqa tutilmoqda

Huquq himoyachisi Bahrom Hamroev 1 mart kuni ozodlikka chiqarilishi kerak bo‘lgan o‘zbek yigitiga nima sababdan yana hibs muhlati uzaytirilgani borasidagi taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

U Rahmiddin ishi bilan FSB qiziqib qolgani, unga nisbatan “terrorchilik” moddalari asosida jiddiy aylovlar hozirlanayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar borligini aytadi. "O‘zbekistonda esa Kamolovning ukalari so‘roq qilinayapti", deya davom etadi huquq faoli.

- Nima sababdan Rahmiddin bilan bunchalik qiziqib qolishganini sabablaridan biri, O‘zbekiston ayg‘oqchilari kelganida uni o‘g‘irlab ketish amaliyoti amalga oshmasdan qoldi. U keyin ekstraditsiya tekshiruvidan o‘tdi. Bu ish nima bilan tugashi ayon edi hammaga: Kamolov yaqin kunlarda chiqishi kerak edi. O‘zbekistonda uni 159 modda bilan, Rossiyada 205 modda – “terrorizm” bilan ayblashmoqchi. FSB menga bergan savollardan men unga nisbatan jiddiy ayblovlar qo‘yilishini taxmin qilayapman. Bularni o‘g‘irlab ketish ikki davlat orasidagi kelishuv asosida qilinayotganga o‘xshaydi. O‘tgan haftada Rahmiddinning ukasi 18 yashar Ilhom Kamolov O‘zbekistonda so‘roq qilinibdi. Bir kun Buxoro MXX erto‘lasida ushlab turilgan va qo‘rqitilgan bolani tergovdan chiqqanidan keyin shifoxonaga olib ketishibdi: u o‘sha yerda jon beribdi. Kecha kuni, 29 martda 18 yashar bola dafn etildi. Akasi Rahmiddin hali ukasi o‘lganini bilmaydi. Butun bir oila barbod qilindi, dedi Bahrom Hamroev.

Ozodlik o‘z manbalaridan 1999 yilda tug‘ilgan Ilhom Kamolovning 29 mart kuni dafn etilganini o‘z manbalaridan tasdiqlab oldi.

Huquq faoli Hamroev shu kunlarda Rahmiddin Kamolov “Medvedkovo – 4” tergov izolyatoridan “Voykovskiy” izolyatoriga o‘tkazilganini ham yomon alomat sifatida ko‘rayotganini bildirdi.

Камолов Раҳмиддин: Биз террорист эмасмиз
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:47 0:00

30 avgust kuni o‘zbekistonlik huquq faoli Rahmiddin Kamolovning Feysbuk sahifasida paydo bo‘lgan xabarida aytilishicha, 2 kun oldin Moskvaning Presnya sud zalidan uni o‘g‘irlashga urinish bo‘lgani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergan edi.

Muhojir mahalliy politsiya uni kishanlangan holda O‘zbekistondan maxsus kelgan maxfiy xizmat xodimlariga topshirganini ma’lum qilgandi.

Rahmiddin Kamolovning Moskvada rafiqasi va bir nafar farzandi borligi ma’lum.

“Moskva Mirziyoev tashrifi oldidan tozalanmoqda!”

Ayni paytda, Moskvadagi “Memorial” tashkiloti o‘z xodimlariga FSB va politsiya tomonidan bo‘layotgan bosim va qo‘rqitishlardan o‘z noroziligini bildirmoqda.

“Memorial”ning Markaziy Osiyo dasturi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Vitaliy Ponomaryov ham huquq faoli Bahrom Hamroev va uning himoyasidagi o‘zbek qochqini Rahmiddin Kamolovga bo‘layotgan bosimlar tashkilot xavotirini uyg‘otayotganini bildirdi.

Vitaliy Ponomaryov bu ishlarni yaqin orada uyushtirilajak O‘zbekiston yangi prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashrifi bilan bevosita bog‘liqligini iddao qildi.

- Kamolovni o‘g‘irlab ketishlaridan boshlab – o‘tgan yilning avgustidan, - 7 oydan buyon u ekstraditsiya tekshiruvi ostida qolmoqda. Hamroevning uyidagi tintuvdan keyin FSB uni “Hizb-ut Tahrir”ga a’zolikda ayblanayotgani ma’lum bo‘lib qoldi. Ularning bu amaliyotlari, xususan Bahromning uyidagi tintuv, O‘zbekiston rahbarining bo‘lajak safari bilan bevosita bog‘liq, deb o‘ylayman. Ular shu tariqa mahalliy faollarni qo‘rquv ostiga olib qo‘ymoqchi. Bu tintuvlar – bosim usuli. Qolaversa, bugunda oddiy “ziyorat”, “da’vat” so‘zlari uchun, noma’lum ekspertlar xulosasi va noma’lum “guvohlar” ko‘rsatmalari asosida har qaysi musulmonni “terrorchilik”da ayblash juda oson bo‘lib qoldi, dedi Vitaliy Ponomaryov.

Виталий Пономарёв билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:03 0:00
Бевосита линк

“Memorial” vakili Rossiyada oxirgi yillarda qabul qilingan “aksilterrorchilik va aksilekstremistik” qonunchilik ko‘plab jinoiy ishlarning soxtalashtirilishiga olib kelayotganini xulosa qildi.

Bundan oldinroq Ozodlik bir guruh buxorolik yoshlar O‘zbekiston maxfiy xizmatlari tomonidan soxta ayblovlar bilan javobgarlikka tortilgani haqida efirga lavha uzatgan edi.

Unda buxorolik Rahmiddin Kamolov Ozodlikka bergan videointervьyusida o‘zi va namozxon bo‘lgan boshqa yaqinlariga kuch ishlatar tizimlar tomonidan bo‘layotgan bosimlar to‘g‘risida so‘zlab bergan edi.

Himoyachilar O‘zbekiston kuch ishlatar tizimlari oxirgi yillarda soxta ayblovlar bilan yuzlab mehnat muhojirlari, ayniqsa namozxonlarni ta’qib ostiga olganini e’tirof qilmoqda. Ozodlik ham so‘nggi bir necha yil ichida Rossiyaning turli mintaqalaridan olib chiqib ketilgan o‘nlab qochqinlar to‘g‘risida gapirib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG