Линклар

Surxondaryo viloyatining Termiz shahridan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan Nurali Sheraliev shartnoma asosida harbiy xizmatda bo‘lgan 24 yashar Azamatning saraton kasalligi bilan og‘rib kasalxonaga tushib qolganidan so‘ng, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi uni bir oyning orasida ishdan bo‘shatib yuborgani va davolanishi uchun yordam bermaganidan shikoyat qildi. Nurali Sheralievning aytishicha, u hozirgacha o‘g‘lining kasalxonadagi o‘limi yuzasidan aniq javob ololmayapti.

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 602 612 713 va +420 776 368 434 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG