Линклар

16 декабр 2017, Тошкент вақти: 21:32

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning Dushanbe shahri yetakchisi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan to‘ng‘ich o‘g‘li Rustam Imomali Dushanbe shahar parlamenti - Majlisi namoyondagonda bo‘sh qolgan o‘rinlarga o‘tkazilgan saylovda g‘alaba qozondi.

3 aprel kuni Dushanbe shahri saylov komissiyasi risi Abdullo Xoliqov 25- saylov okrugida saylovchilarning 84,8 foizi Rustam Imomaliga ovoz berganini e’lon qildi. Uning raqiblari Hikmatullo Saidiyon (Demokratik partiyadan) va Fazliddin Ikromov (Agrar partiyadan) mos ravishda 2,63 va 7,84 foiz ovoz to‘plagan.

62-saylov okrugida esa Milliy-demokratik partiya nomzodi, Dushanbe shahri yetakchisi o‘rinbosari Mahmadsaid Zuvaydzoda 75 foizdan oshiq ovoz to‘plab, Agrar partiya nomzodi Ma’suma Alieva ustidan g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni Imomali Rahmon poytaxt Dushanbe hokimi Mahmadsaid Ubaydulloevni vazifasidan olib, uning o‘rniga Rustam Imomalini Dushanbe shahri hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan edi.

Undan avval Rustam Imomali Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisi vazifasini bajarib kelgan.

Prezident farmoniga binoan, Rustam Imomali Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbarligidan olinib, Dushanbe shahri hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

64 yoshli Mahmadsaid Ubaydulloev so‘nggi yigirma yil davomida Dushanbe shahri ma’muryatiga yetakchilik qilgan edi. Ubaydulloev, shuningdek, 2000 yildan buyon Tojikiston Oliy majlisiga raislik qilib keladi.

Rustam Imomali saylovda g‘alaba qozonganidan keyin, mamlakat prezidenti uni rasman Dushanbe shahri meri etib tayinlash haqidagi farmonni imzolashi kerak. So‘ngra to‘ng‘ich o‘g‘il mer vazifasini bajaruvchi emas, to‘laqonli hokim bo‘ladi.

15 fevral kuni prezident Rahmon o‘zining mer o‘g‘liga beshta o‘git bergan edi.

Rustam Imomali hozir MDH ga a’zo mamlakatlardagi eng yosh merdir.

To‘ng‘ich o‘g‘il o‘tgan yillarda “Yoshlar ittifoqi” va bojxona xizmatlarida turli rahbar lavozimlarni egallab kelgan.

Shu bilan birga Rustam Imomali Tojikiston Futbol feredatsiyasi prezidenti hamdir.

XS
SM
MD
LG