Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:47

OzodMikrofon: “O‘shdagi qarindoshlarni ko‘rish uchun kimningdir o‘lishini kutishimiz kerakmi?”


Vosiljon ota Sa’dullaev
Vosiljon ota Sa’dullaev

Toshkent shahrida istiqomat qiladigan 75 yashar Vosiljon ota Sa’dullaev, prezident ikki davlat o‘rtasidagi alaoqalarni yaxshilashga va’da bergan bo‘lsa ham, Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi qarindoshlarini borib ko‘rish imkonsiz bo‘lib qolayotganidan shikoyat qildi.

Otaning aytishicha, garchi O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘rtasida 60 kunlik vizasiz borib-kelish tartibi joriy qilingan bo‘lsa ham, chegara postlaridan O‘zbekiston faqat biror kishining dafn marosimi yoki to‘yi borligi haqidagi telegrammani ko‘rsatsagina o‘ta oladi, xolos.

Ota qo‘shnilar bilan munosabatni yaxshilashga va’da bergan prezidentdan bunday cheklovlarni bekor qilishni so‘raydi.

Восилжон ота Саъдуллаев билан суҳбат:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:22 0:00
Бевосита линк

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 602 612 713 va +420 776 368 434 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilaëtgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG