Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:57

"Mirziyoevning Moskva safari davomida 16 milliard dollarlik shartnomalar imzolanadi"


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 4 aprel kunning ikkinchi yarmida davlat tashrifi bilan Moskvaga keldi.

Bu tashrif arafasida Bosh vazir 1-o‘rinbosari Ochilboy Ramatov prezident safari davomida umumiy qiymati 16 milliard dollarlik 50 dan oshiq iqtisodiy shartnoma imzolanishini ma’lum qildi.

Iqtisodiy hamkorlikka oid bu kelishuvlarning 3¸5 milliard dollarlik ilk qismi 3 aprel kuni Ramatovning o‘zi tomonidan imzolandi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra¸ Mirziyoevning prezident sifatida Moskvaga qilayotgan ilk tashrifi davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan 5 aprel kuni muzokaralar o‘tkazishi rejalangan. Chorshanba kuni Rossiya prezidentining O‘zbekiston delegatsiyasi sharafiga tushlik ziyofat berishi ham rejalangan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining 4 aprel kuni xabar berishicha, Mirziyoevning Moskvaga davlat tashrifi arafasida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida ikki davlat o‘rtasida umumiy qiymati 3,5 milliard dollarlik shartnomalar imzolangan.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Oreshkin rahbarligidagi delegatsiyalar ishtirok etgan.

Xabarda aytilishicha, Ural tog‘ metallurgiya xoldingi bilan O‘zbekistondagi tarkibida vanadiy bo‘lgan Tebinbuloq titanmagnetit ma’dan konini o‘zlashtirish yuzasidan qiymati 1,5 milliard dollarlik memorandum imzolangan.

O‘zbekiston Tashqi aloqalar Milliy banki “Gazprombank” va Rossiya eksport-kredit agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi loyihalarni 500 million dollar miqdorida kreditlash shartnomasiga qo‘l qo‘ygan.

“Asakabank” esa¸ o‘zbek matbuotiga ko‘ra¸ “Gazprombank” bilan Toshkentda metallurgiya zavodi qurilishini hamkorlikda moliyalashtirish kelishuviga erishgan.

Shuningdek, Chirchiq qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi bazasida hamkorlikda qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kelishuvi imzolangan.

Bundan tashqari Mirziyoev safari natijasida O‘zbekistondan Rossiyaga 612 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish, Rossiyadan esa O‘zbekistonga 225 million dollarlik neft eksport qilish bo‘yicha shartnomalarning ham imzolanishi aytilmoqda.

5 aprel kuni o‘tadigan uchrashuvlardan so‘ng Kremlda O‘zbekiston va Rossiya munosabatlariga oid qo‘shimcha hujjatlar imzolanishi ham kutilmoqda.

Rossiya Bojxona xizmati tarqatgan ma’lumotda aytilishicha, o‘tgan yili ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi deyarli 3 milliard dollarni tashkil qilgan.

O‘zbekiston tomoni o‘tgan yilda Rossiya bilan tovar ayriboshlash 2015 yilga nisbatan 5 foizga ozayib, 4 milliard 200 million dollarni tashkil qilganini bildirmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarda aytilishicha, O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 961 korxona faoliyat yuritmoqda. Rossiyada esa O‘zbekiston ishtirokidagi korxonalar soni 569 tani tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG