Линклар

Qashqadaryoning Qarshi shahridagi maktablardan birida mudhish qotillik sodir etildi – er o‘z xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Hodisa Qarshidagi 4-son maktabda 4 aprel kuni sodir bo‘ldi. Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, 29 yoshli biologiya o‘qituvchisi Muhabbat Ko‘chimova maktabda navbatchilik qilayotgan payt uning eri sinf xonasiga bostrib kirib, uni pichoqlagan.

Erining bir nechta pichoq zarbidan Ko‘chimova shu yerni o‘zida jon bergan.

- Muhabbat bugun navbatchi edi, sinf xonasida bir o‘zi o‘tirgan mahal eri kelib o‘tkir tig‘li pichoq bilan bir nechta joyidan urgan. Hozir butun maktab shokda, - deydi Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan marhum o‘qituvchining hamkasblaridan biri.

Erkak nima maqsadda bu qotillikka qo‘l urgani ma’lum emas.

Qarshi shahar militsiyasi 4-sonli maktabda qotillikni sodir etgan shaxs voqea joyidan qochgani va uni qidirish ishlari olib borilayotganini bildirdi.

Ozodlik voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda...

XS
SM
MD
LG