Линклар

15 декабр 2017, Тошкент вақти: 19:03

Qashqadaryoning Qarshi shahridagi maktablardan birida mudhish qotillik sodir etildi – er o‘z xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Hodisa Qarshidagi 4-son maktabda 4 aprel kuni sodir bo‘ldi. Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, 29 yoshli biologiya o‘qituvchisi Muhabbat Ko‘chimova maktabda navbatchilik qilayotgan payt uning eri maktabga bostrib kirib, bo‘g‘izlagan.

Bir nechta pichoq zarbidan Ko‘chimova shu yerni o‘zida jon bergan.

- Muhabbat navbatchi edi, sinf xonasida bir o‘zi o‘tirgan mahal eri kelib o‘tkir tig‘li pichoq bilan bir nechta joyidan urgan. Hozir butun maktab shokda, - deydi Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan marhum o‘qituvchining hamkasblaridan biri.

Ayrim boshqa manbalarga ko‘ra, er maktabga bostirib kirib, yosh bolalarni ko‘z o‘ngida rafiqasini bo‘g‘izlagan.

- Bo‘ynida qo‘lida va ko‘kragida pichoq zarbasi izlari bor edi. Bu maktab o‘quvchilarini ko‘z oldida bo‘ldi, - dedi 4-sonli maktabning yana bir o‘qituvchisi.

Erkak nima maqsadda bu qotillikka qo‘l urgani ma’lum emas.

Qarshi shahar militsiyasi 4-sonli maktabda qotillikni sodir etgan shaxs voqea joyidan qochgani va uni qidirish ishlari olib borilayotganini bildirgan edi.

Militsiyaga ko‘ra, hozir o‘z rafiqasini bo‘g‘izlaganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan.

Prokuratura jinoyat kodeksining qotillik bandi bo‘yicha jinoyat ishi ochgan.

Ozodlikning huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga ko‘ra, erkak rafiqasi bilan maishiy kelishmovchilik oqibatida qotillikka qo‘l urgan bo‘lishi mumkin, degan faraz o‘rganilmoqda.

XS
SM
MD
LG