Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:45

Mirziyoev tashrifi davomida migrantlarga oid hujjatlar ham imzolandi


Mirziyoev va Putin 5 aprelda o‘tgan uchrashuv natijalari to‘g‘risida qo‘shma bayonot berdi.
Mirziyoev va Putin 5 aprelda o‘tgan uchrashuv natijalari to‘g‘risida qo‘shma bayonot berdi.

Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga qilgan davlat tashrifi natijalariga bag‘ishlangan yakuniy bayonotda O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari Toshkent va Moskva pozitsiyalari ko‘p masalalarda o‘zaro yaqinligini, ba’zi masalalarda esa bir xil ekanini ta’kidladilar. Yakuniy bayonotda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida umumiy qiymati 15 milliard dollardan ko‘proqni tashkil qiladigan 50 dan ortiq shartnoma imzolangani bildirildi.

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin bilan 5 aprelda o‘tgan uchrashuvdan so‘ng berilgan yakuniy qo‘shma bayonotda Rossiyaga qilgan safaridan chuqur qoniqish hosil qilganini aytdi:

-Chuqur qanoatlanish bilan aytish mumkinki, so‘zlashuvlarimiz natijalariga ko‘ra, juda ko‘p hujjatlar imzolandi. Bu O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining qo‘shma bayonoti hamda iqtisodiyot, investitsiya, energetika, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid 50tadan ko‘proq shartnoma hamda kontraktlardir. Hamkorlikda amalga oshiriladigan savdo-investitsiya loyihalari portfelining umumiy qiymati 15 milliard dollardan ko‘proqni tashkil qiladi, - dedi Mirziyoev.

O‘zbekiston prezidenti o‘z bayonoti davomida Rossiya bilan imzolangan mintaqalararo hamkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha kelishuvga alohida e’tibor qaratdi. Mirziyoevga ko‘ra, O‘zbekiston viloyatlari Rossiya viloyatlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro hamkorlik qilish va adresli loyihalarni amalga oshirishdan juda manfaatdordir:

- Bugun biz hurmatli Vladimir Vladimirovich bilan biznes forumlar o‘tkazishga kelishib oldik. Biznes forumlar bir yil O‘zbekistonda, bir yil Rossiyada o‘tkaziladi. Men hurmatli Vladimir Vladimirovichga keyingi yilda Buxoroda yoki Xorazmda yoki Samarqandda ikki davlat prezidentlari ishtirokida mana shunday katta biznes forumni o‘tkazishni taklif qildim, -dedi Mirziyoev.

Vladimir Putin esa o‘z bayonotida tomonlar avtomobilsozlik, yo‘lovchi tashuvchi aviatsiya va farmatsevtika sohalarida O‘zbekiston va Rossiya shirkatlari loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalasida kelishib olganlarini aytdi.

Putinga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilish 2 barobarga ko‘paydi va deyarli 143 ming tonnani tashkil qildi. Putin O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ishlab chiqilgan 2019 yilgacha iqtisodiy hamkorlik dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini aytdi:

-O‘tgan yili o‘zaro tovar ayriboshlash 2 milliard 700 million dollarni tashkil qildi. Bu O‘zbekiston tashqi savdo balansining 17 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. O‘zbekistonga kiritilgan Rossiya kapitali esa 6 milliard dollardan oshib ketdi, -dedi Putin.

Rossiya prezidenti o‘z bayonotida “O‘z-o‘zidan bugungi muzokaralarda mintaqaviy va global kun tartibi ham muhokama qilindi. Ta’kidlamoqchimanki, asosiy masalalar yuzasidan Rossiya va O‘zbekiston pozitsiyalari o‘zaro yaqin, ba’zi masalalarda esa bir xil ekan”, deb aytdi.

Putin o‘tgan yilningg noyabrida O‘zbekistonda Rossiya kunlari o‘tganini eslagan holda, 2017 yilda O‘zbekiston kunlari Rossiyada o‘tkazilishini ta’kidladi.

Mirziyoevning Moskvaga qilgan davlat tashrifi doirasida imzolangan 55 ta hujjat ichida “O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo‘yicha kelishuv” hamda “O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini ta’sis etish bo‘yicha kelishuv” ham bor.

XS
SM
MD
LG