Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:01

Istanbulda avtohalokatda o‘lgan o‘zbek ayoli yaqinlari izlanmoqda


Manzura Qurbonovani Istanbulda taniganlardan biri yuborgan surat.
Manzura Qurbonovani Istanbulda taniganlardan biri yuborgan surat.

Istanbul politsiyasi asli o‘zbekistonlik Manzura Qurbonova yaqinlarini qidirmoqda.

Politsiyaga ko‘ra, 30 yashar Manzura Qurbonova 2 aprel kuni kechqurun 10 lar atrofida Istanbulning Usmon G‘oziy ko‘chasida avtomashina urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan.

Avtomobil haydovchisi voqea joyida hibsga olingan.

Dahshatli falokat

Tergov ishiga jalb etilgan advokatlik shirkati xodimining Ozodlikka bildirishicha, mashina zarbi shunchalar kuchli bo‘lganki, o‘zbekistonlik ayol tanasi ikkiga bo‘linib ketgan.

"Dahshatli falokat. Mashina katta sur’atda borib, yo‘l chetida turgan ayolga urilgan. Zarbadan ayol tanasi ikkiga bo‘linib ketgan. Hozir tergov ishlari olib borilayapti," dedi u.

Marhuma jasadi bo‘laklari o‘sha tunda Istanbul Yangi Bosna mintaqasidagi o‘likxonaga keltirilgan.

Jasad o‘likxonada qolmoqda

Istanbul sud-tibbiyot boshqarmasi vakili Ozodlik bilan suhbatda Manzura Qurbonova jasadi hamon morgda qolayotganini aytdi.

U, agar Manzura Qurbonova yaqinlari 15 kun ichida topilmasa, jasad shaxsi noma’lum o‘liklar qabristoniga ko‘milishini bildirdi.

Sud-tibbiyot boshqarmasi vakiliga ko‘ra¸ Qurbonovaning o‘limi yuzasidan O‘zbekistonning Turkiyadagi bosh konsulligi ham ogohlantirilgan.

Istanbul sud-tibbiyot boshqarmasi xodimi so‘zlarini tasdiqlagan O‘zbekiston konsulligi xodimi hozirga qadar marhuma yaqinlaridan hech kim konsullikka murojaat qilmaganini aytdi.

Rasmiy yordam

Konsullik xodimiga ko‘ra, Manzura Qurbonova jasadini O‘zbekistonga yuborish uchun yaqinlarining vakolatnomasi kerak, aks holda konsullik rasman yordam bera olmaydi.

Turkiyada xalqaro kargo xizmati bilan shug‘ullanuvchi shirkat egasining aytishicha, Istanbuldan Toshkentga mayyitli tobutni keltirish hozirda 1100 dollar atrofidadir.

Marhumani tanigan o‘zbekistonlik ayolning ma’lum qilishicha, ikki yil muqaddam O‘zbekistondan Turkiyaga kelgan Manzura bir vaqtning o‘zida ham farroshlik shirkatida ishlagan, ham bir keksa ayolga qaragan.

U Manzura Qurbonovaning Turkiyada noqonuniy istiqomat qilganini bildirdi.

Marhumani yaqindan tanigan yana bir o‘zbekistonlikka ko‘ra, asli Navoiy viloyati Xatirchi tumanidan bo‘lgan Manzura Qurbonova turmushidan ajrashgan va uning yolg‘iz farzandi ota-onasi qaramog‘ida qolgan.

XS
SM
MD
LG