Линклар

Qirg‘izistonda Aprel inqilobining 7 yilligi nishonlanmoqda


Prezident Atambaev va hukumat a’zolari Aprel inqilobi qurbonlari haqiga duo qildi. 2017, 7 aprel

Bugun, 7 aprel kuni, Qirg‘izistonda QR ikkinchi prezidenti Qurmanbek Bakiev va uning qarindoshlari hamda unga yaqin mulozimlarning mamlakatdan qochib ketishiga sabab bo‘lgan Aprel inqilobining 7 yilligini nishonlashyapti.

2010 yil shu kunda muxolifatning Oq Uy oldidagi namoyishida otilgan o‘qlardan 86 odam halok bo‘lgan, 100dan ziyod odamlar yaralangan edi.

Bugun prezident Almazbek Atamboev, Bosh vazir Sooronbay Jeenbekov, parlament raisi Chinibay Tursunbekov, parlament deputatlari va hukumat a’zolari "Ata-Beyit" yodgorlik majmuasidagi xotira tadbirlarida ishtirok etishyapti. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning qarindoshlari bilan birga ular 7 aprel qahramonlari yodgorligiga gullar qo‘yib, Qur’on tilovat qilishadi.

So‘ngra "Ala-Too" maydonidagi 7 aprel qahramonlari poyiga ham gullar qo‘yiladi. Kunning ikkinchi yarmida markaziy maydonda teatrlashtirilgan tomosha boshlanadi, undan keyin esa bayram konserti bo‘ladi. Tantanalar kechqurun mushakbozlik bilan tugaydi.

Bugungi tadbirlar mamlakatning janubiy poytaxtida, viloyat va tuman markazlarida ham o‘tkaziladi. 7 aprel Qirg‘izistonda rasman dam olish kuni, deb e’lon qilingan.

XS
SM
MD
LG