Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 00:51

Stokgolm shahri markazida yuk mashinasi odamlarni bosdi, kamida 2 kishi nobud bo‘ldi


Yuk mashinasi Stokgolmning piyodalar uchun ajratilgan Drottninggatan degan joyidagi savdo markaziga borib urilgan. 2017, 7 aprel.

Stokgolm shahri markazida yuk mashinasi odamlarni bostirgani to‘g‘risida agentliklar mahalliy axborot vositalariga tayanib xabar qildi.

Shvetsiya politsiyasi bayonotiga ko‘ra, insidentdan jabrlanganlar bor. Voqea joyiga politsiya yetib borgan. Shvetsiya radiosi muxbiriga ko‘ra, kamida 3 kishi nobud bo‘lgan.

Shvetsiya politsiyasi bayonotiga ko‘ra, insidentdan jabrlanganlar bor. Voqea joyiga politsiya yetib borgan.

Guvohlarning aytishicha, voqea yuz bergan joy o‘rab olingan. Politsiyaga ko‘ra, yuk mashinasi Stokgolmdagi savdo markazlaridan biriga bostirib kirgan va kamida 2 kishi o‘lgan, jarohat olganlar miqdori noma’lum.

Shvetsiya radiosi muxbirining aytishicha, u kamida uch kishining o‘lganini ko‘rgan.

Politsiyaga ko‘ra, o‘q ovozlari eshitilgani to‘g‘risida tasdiqlanmagan xabarlar bor.

Стокгольм шаҳри марказида юк машинаси одамларни босди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:50 0:00

Shvetsiya maxsus xizmatlari voqeani “hujum” deb baholadi.

“O‘lim holatlari bor va ko‘plab yaralanganlar bor”, dedi maxsus xizmat vakili Nina Odermalm.

Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lovfen voqeada terror hujumi alomatlari borligi to‘g‘risida bayonot berdi.

Politsiya ham ro‘y bergan voqeani terror hujumi sifatida malakalash versiyasi qaralayotganini bildirdi.

Kunning birinchi yarmida yuk mashinasi Stokgolmning piyodalar uchun ajratilgan Drottninggatan degan joyidagi savdo markaziga borib urilgan.

Mahalliy TV syujetida voqea yuz bergan joydan tutun o‘rlayotgani, vertolyotlar uchayotgani, politsiya va tez yordam mashinalari ko‘rindi.

Politsiya mahalliy aholini shahar markaziga kelmaslikka chaqirdi. Shahar metrosi yopildi.

Keyingi vaqtlarda Yevropaning bir necha shahrida yuk mashinalari bilan odamlarga hujum qilindi. Bu hujumlar uchun mas’uliyatni “Islom davlati” guruhi o‘z zimmasiga olgan.

22 mart kuni Londonda pichoq va transport vositasi bilan qilingan hujumdan 5 kishi o‘lgan edi.

19 dekabrda Berlinda yuk mashinasi mahalliy bozorga bostirib borishi oqibtida 12 kishi nobud bo‘lgan, 48 kishi yaralangan edi.

2016 yilning iyulida Fransiyaning Nitssa shahrida yuk mashinasi bostirishi oqibatida 86 kishi o‘lgan edi.

Stokgolьm shahri. Voqea joyidan 2017, 7 aprelda olingan surat.
Stokgolьm shahri. Voqea joyidan 2017, 7 aprelda olingan surat.

XS
SM
MD
LG