Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:57

OzodMikrofon: "600 ming so‘m maoshga ikki farzand bilan qanday yashash mumkin?"


"Farzandlarim boshqalarning eski kiyimi bilan katta bo‘lyapti"

Toshkent shahridagi qurilish tashkilotlaridan birida ishlaydigan, ismi sir qolishini so‘ragan xodima maoshlarning juda ham ozligi, faqat yaqin qarindoshlarining ko‘magi bilan ikki farzandini katta qilayotganini aytadi.

Қурилиш ташкилотида ишлайдиган ходима билан суҳбат.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:02 0:00
Бевосита линк

"Xalq qabulxonasi xalqning dardiga quloq solmay qo‘ydi!"

Uch farzandini ota-onasiga tashlab, xotini bilan Rossiyada ishlab yurgan mehnat muhojiri uning O‘zbekistonda yashash joyi yo‘qligidan, hokimlik uy qurish uchun er bermayotganidan OzodMikrofon ga shikoyat qildi.

Qarshi shahrining Mazhab ko‘chasidagi ota-onasining tor uyida ro‘yxatda turgan Farhod Siddikovning aytishicha, Prezident xalq qabulxonasiga ish va yer so‘rab yozgan beshta arizasi yana hokimiyatga qaytarib yuborilyapti, mulozimlar esa faqat rad javobini bermoqda.

Фарҳод Сиддиков билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:00 0:00
Бевосита линк

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 602 612 713 va +420 776 368 434 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG