Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:23

Obidxon qorining o‘g‘li "Stokholmdagi voqea ildizini O‘zbekiston siyosatidan izlash kerak", dedi


Dovudxon Nazarov
Dovudxon Nazarov

Shvetsiyadan boshpana topgan taniqli imom Obidxon qori Nazarovning o‘g‘li - Dovudxon Stokholmdagi terror hujumini keskin qoraladi.

Dovudxonning fikricha, jinoyatda gumon qilinayotgan 39 yashar o‘zbekistonlikning "jirkanch hujum"ni sodir etishiga turtki bo‘lgan omillarni uning "dini, millatidan emas, balki uni o‘z yurtidan chiqib, xorijdagi bunday harakatlarni sodir etishiga sabab bo‘lgan O‘zbekiston hukumati siyosatidan qidirish kerak".

- Aslida biz bu kishini tanimaymiz, shaxsan men uni tanigan biror kishi bilan gaplashmadim hali. Uning aslida Shvetsiyaga yaqinda kelgani, pul topish, oilasini boqish, qornini to‘yg‘azish maqsadida kelgani haqida ma’lumotlar chiqayapti. Lekin, hozir biz bu shaxs haqida xulosa qilmaymiz, tergovning yakunini kutishimiz kerak. Ammo, mavjud ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ularni bunday "jirkanch ishlar"ni qilishiga ularning millati yoki dini sabab bo‘lmaydi. Avvalo, O‘zbekiston hukumatining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining naqadar noto‘g‘ri ekanining isboti bu. Aslida bu odamlar O‘zbekistonda yashashi kerak bo‘lgan, O‘zbekistonda ish bilan ta’minlanishi kerak bo‘lgan odamlar bular, - deydi Obidxon Dovudxon o‘g‘li.

Dovudxon Obidxon o‘g‘liga ko‘ra, bu voqeadan otasi Obidxon qori ham xabar topgan va "qayg‘uga tushgan": ​

- Dadamlar bo‘layotgan voqealarni kuzatib bormoqdalar. Bu voqeadan chuqur qayg‘uga tushdilar. Juda qattiq hafa bo‘ldilar. Bu voqea ortidan bizning o‘zbekistonliklarga, musulmonlarga keladigan og‘ir sinovlardan asrasin, deb duo qildilar, - deydi Obidxon.

Quyida u bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

Д.Обидхон ўғли: Стокҳолмдаги воқеа илдизи дин ёки миллатдамас, Ўзбекистон сиёсатида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:08 0:00
Бевосита линк

7 aprel kuni Shvetsiya poytaxtida noma’lum shaxs yuk mashinasini odamlar ustiga haydashi oqibatida 4 odam o‘ldi, 15 odam jarohatlandi.

O‘lganlarning 2 nafari Shvetsiya, biri Belьgiya, yana biri Buyuk Britaniya fuqarosidir. Jarohatlanganlarning 10 nafari hanuz shifoxonada qolmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘irligi aytilgan.

​Shvetsiya politsiyasi Stokholmdagi terrorni sodir etishda gumon qilingan o‘nga yaqin shaxsni ushlagan va ulardan biri "Islom davlati" ekstremist guruhiga moyil bo‘lgan va Shvetsiyadan deportatsiya qilinishidan qo‘rqib, yashirinib yurgan 39 yashar o‘zbekistonlik ekani rasman aytilgan.

Bu voqeani qoralagan Dovudxon Obidxon o‘g‘li esa Shvetsiyadan boshpana topgan siyosiy qochqin, o‘zbekistonlik taniqli imom Obidxon qori Nazarovning o‘g‘lidir.

Obidxon qori Shvetsiyada 2012 yilda siuqasdga uchragan, 5 yil shifoxonada komada yotgan va bir oy muqaddam sog‘ayib, oyoqqa turgan.

Dovudxon hozir otasining sog‘ligi sekinlik bilan tiklanayotgani, shu kunlarda u kishining o‘zini matbuotda chiqish qilishi uchun hozirlik ko‘rilayotganini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG