Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:57

Shvetsiyadagi o‘zbeklar Stokxolmdagi hujumni qoralab piket o‘tkazdi (video)


Shvetsiyaning janubi-sharqidagi Ostergyotland shahrida bu mamlakatdan boshpana olgan bir necha o‘n o‘zbekistonlik Shvetsiya xalqi bilan birdamlik aksiyasini o‘tkazdi.

Uyushtiruvchilardan birining Ozodlikka aytishicha, aksiyada qatnashganlar 7 aprel kuni Stokxolmda amalga oshirilgan terror hujumini keskin qoraladi.

Yakshanba kuni Stokxolmda “Muhabbat namoyishi” deb nomlangan ommaviy aktsiya bo‘lib o‘tdi.

Shahar markazida, terror hujumi amalga oshirilgan joy yaqinida minglab shaharliklar yig‘ildi. Aksiya ishtirokchilari nobud bo‘lganlarning xotirasiga bir daqiqalik sukut saqladi.

Stokxolmliklar aksiyasida o‘zbekistonliklar ham ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Shvetsiyada 4 ming nafarga yaqin o‘zbekistonlik yashaydi.

Швециядаги ўзбек муҳожирлари Стокҳолмдаги ҳужумни қоралаб пикет ўтказди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:14 0:00

​Shvetsiya politsiyasi 7 aprel kuni Stokholmdagi terrorni sodir etishda gumon qilingan 6 shaxsni ushladi.

Ulardan biri "Islom davlati" ekstremist guruhiga moyil bo‘lgan va Shvetsiyadan deportatsiya qilinishidan qo‘rqib, yashirinib yurgan 39 yashar o‘zbekistonlik ekani ma’lum qilingan.

Politsiya aynan shu o‘zbekistonlik 7 aprel kuni shahar markazida borayotgan yo‘lovchilar ustiga solingan yuk mashinasini boshqargan, deb gumon qilmoqda.

Bundan tashqari, bu o‘zbekistonlikka jinoyatni sodir etishda gumon qilingan yana bir shaxs mamlakatning shimoliy qismida qo‘lga olingani aytildi, ammo uning shaxsiga oid ma’lumotlar ham ochiqlanmadi.

7 aprel kuni Shvetsiya poytaxtida noma’lum shaxs yuk mashinasini odamlar ustiga haydashi oqibatida 4 odam o‘ldi, 15 odam jarohatlandi.

O‘lganlarning 2 nafari Shvetsiya, biri Belgiya, yana biri Buyuk Britaniya fuqarosidir. Jarohatlanganlarning 10 nafari hanuz shifoxonada qolmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘irligi aytilgan.

XS
SM
MD
LG