Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:43

Tverda yana besh nafar muhojir terrorchilikda gumonlanmoqda (VIDEO)


Rossiyaning Tver viloyatida “Islom davlati” ekstremist guruhiga jangari yollaganlikda ayblanib, 5 nafar markaziy osiyolik muhojir qo‘lga olindi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tintuv paytida hibs etilganlardan diniy-ekstremistik adabiyot va terrorchilikni targ‘ib etuvchi videoyozuvlar musodara qilinganini bildirdi.

11 aprel kuni Rossiyaning Tver viloyatida mahalliy Federal xavfsizlik xizmati va Rosgvardiya maxsus kuchlari hamkorligida “diniy-ekstremistik guruh bo‘linmasi” a’zosi bo‘lganlikda ayblanayotgan besh nafar shaxs hibsga olindi.

Tver viloyati bo‘yicha FSB boshqarmasida Ozodlik so‘roviga tergov talablariga ko‘ra ismi sir tutilayotgan bu shaxslar Markaziy Osiyo respublikalaridan kelgan muhojirlar ekanini tasdiqlab berishdi.

- FSB va Rosgvardiya xodimlari besh kishidan iborat diniy-ekstremistik hujra faoliyatiga chek qo‘ydi. Ular IShID tarkibida Yaqin Sharq hududida harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun odam yollagan, deyiladi FSBning Tver bo‘limi rasmiy xabarida.

Tergovchilar iddaosicha, qo‘lga olingan yigitlar o‘z hamyurtlari orasida yollanganlarni terrorchi-xudkush sifatida maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazib kelganini bildirmoqda. Tintuv olib borilgan kvartirada “diniy-ekstremistik adabiyot” va “terrorchilikni targ‘ib etuvchi videoyozuvlar” musodara qilingani xabar qilindi.

FSB boshqarmasi muhojirlarni qo‘lga olish amaliyoti vaqtida tasvir olingan videoni taqdim etdi. Operativ s’emkada ikki xonali kvartirada uxlab yotgan muhojirlar qo‘lga olinayotgani tasvirlangan.

(Tver viloyat FSB boshqarmasi operativ s’yomkasi)

Videokadrlardan birida fsbchilar tomonidan “diniy-ekstremistik” deb atalgan 8 dona broshyura shaklidagi adabiyot ko‘rsatildi. Bular orasida “Duo kitobi”, “Tanbehul g‘ofiliyn”, “Obuchenie chteniyu Korana”, “Muqaddas oylar”, “Pokiza” kabi o‘zbek tilida nashr qilingan kitoblar borligini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, musodara qilingan noutbukda operativ xodimlar qora bayroq ostida maxsus mashq amaliyotlari o‘tkazayotgan jangarilar videoroligi namoyish etildi.

FSB matbuot xizmati qo‘lga olingan “hujra lideriga” nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 205 moddasi 1 qismi (“terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish”) asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilganini bildirishdi.

Tverda maxsus amaliyot olib borilgan kuni Rossiya FSBsi direktori va Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bortnikov maxsus yig‘ilishda so‘zga chiqib, “Islom davlati” guruhi rahbarlari Rossiya hududida yana bir nechta terrorchilik aktlarini amalga oshirishga hozirlanayotganini bildirdi.

Bortnikov terrorchilik hurujlarini amalga oshirish uchun MDH davlatlaridan Rossiyaga kelgan mehnat muhojirlaridan foydalanishi to‘g‘risida ma’lumotlar borligini ochiqladi.

- Birgina o‘tgan yil davomida 16ta terakt oldi olindi! Ularni Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk, Yekaterinburg, Tula, Ufa, Sochi, Novosibirsk va Nijniy Novgoroda shaharlarida amalgan oshirish rejalashtirilgan edi. Qo‘lga olingan guruhlar a’zolari ham MDH davlatlari grajdanlari edi. Rossiyada o‘tgan vaqt mobaynida 46ta xalqaro terrorchilik tashkilotlari bo‘linmalari yo‘q qilindi, deya hisobot berdi Aleksandr Bortnikov.

Rossiya FSBsi direktori A.Bortnikov
Rossiya FSBsi direktori A.Bortnikov

FSB direktori Suriya va Iroqda maxsus tayyorgarlikdan o‘tayotgan shaxslar Rossiyada yollash faoliyatini yo‘lga qo‘yib, asosan mehnat muhojirlari orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirayotganidan xabardor qildi.

Shu munosabat bilan Bortnikov chegara nazoratini kuchaytirish va “mamlakatga jangarilar kirib kelishi oldini olish uchun” migratsiya tartiblarini yanada kuchaytirish kerakligini bildirdi.

Ozodlik 3 aprelda Peterburg metrosida sodir bo‘lgan portlash ortidan Rossiyaning deyarli barcha mintaqalarida maxsus reydlar va “oblavalar” bo‘layotgani, bevosita terrorchilikka aloqadorlikda gumonlanib 8 nafar muhojir, jumladan o‘zbekistonliklar hibsga olinganini xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG