Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:39

Qozog‘iston kirill alifbosidan lotin yozuviga o‘tmoqchi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev hukumatga yil ohirigacha kirill alifbosidan lotin yozuviga o‘tish rejasini ishlab chiqishni tayinlagan. Nazarboev 2018 yildan mutaxassislarni yangi alifboga o‘qitish va o‘rta maktab uchun lotin alifbosida kitoblar chiqarishni boshlashi kerakligini aytgan.

Prezident Nazarboev Qozog‘istonda Kirill alfavitidan Lotinga o‘tishni 2025 yilgacha yakuniga etkazishni taklif etmoqda.

Qozog‘iston parlamentida mazkur taklifni ko‘pchilik deputatlar qo‘llab-quvvatlagan.

Lekin, Qozog‘istonda ham lotin alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tish ko‘zda tutilmoqda.

Dastlabki bosqichda lotin yozuvi bilan birga kirill alifbosi ham amalda bo‘ladi.

Qozog‘istonda 1940 yili Kirill alifbosiga o‘tilgunga qadar lotin alifbosi amalda bo‘lgan.

Lotin alifbosidan 1929 yildan 1940 yilgacha foydalanilgan.

Bundan avval sobiq sovet o‘lkalari orasida Ozarbayjon, Moldova, Turkmaniston va O‘zbekiston lotin yozuviga o‘tgan edi.

Boltiqbo‘yi o‘lkalari azaldan lotin alofbosidan foydalanadi. Gruziya va Armaniston Sovet darida ham o‘z alifbosini saqlab qolgan.

XS
SM
MD
LG