Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:46

United Airlines samolyotidan zo‘rlik bilan tushirilgan yo‘lovchi sudga murojaat qildi (VIDEO)


Chikagoda United Airlines shirkati samolyotidan sudrab olib chiqilgan yo‘lovchining huquqshunoslari chorshanba kuni hodisa bilan bog‘liq barcha materiallarni saqlab qolishini so‘rab? Illinoys shtati sudiga murojaat qildilar.

Huquqshunoslar United Airlines shirkati va Chikago shahri 3411 reysi bilan bog‘liq kuzatuv kameralari yozib olgan videolar, uchuvchilarning kabinadagi suhbatlari, yo‘lovchilar ro‘yxatlari va boshqa ma’lumotlarni saqlab qolishini talab qilmoqdalar.

9 aprel kuni Chikagodan Kentukkiga yo‘l olgan samolyotdan chiptasi bor bo‘lgan doktor Devid Dao aerport xavfsizlik xodimlari tomonidan kuch bilan olib chiqib ketilgandi.

Йўловчи United Airlines самолëтидан зўрлаб туширилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:35 0:00

Aviashirkatlar orasida samolyotdagi o‘rinlar sonidan ko‘proq chipta sotish keng tarqalgan, chunki ko‘p hollarda ayrim yo‘lovchilar reysga kelmay qo‘yadi.

United Airlines shirkatining yo‘lovchini kuch ishlatib samolyotdan tushirgani keng omma e’tiborini tortdi.

Shirkat direktori Oskar Munoz chorshanba kuni Dao, uning oilasi va shirkat mijozlaridan uzr so‘radi.

Hozirgacha aerportning uch xodimi ta’tilga chiqarildi.

Daoning samolyotdan sudrab olib chiqib ketishayotgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Mutaxassislar bu hodisa shirkatga qimmatga tushishini aytishadi.

United Continental hissalari narxi seshanba kuni 4,4 foizga tushib ketdi.

Dao olgan jarohatlari tufayli haliyam Chikago shifoxonasida qolmoqda.

Chorshanba kuni United Airlines o‘rinlardan ko‘proq odamga chipta sotilgan reyslarda yo‘lovchilar o‘z xohishlari bilan o‘rinlarini bo‘shatishlari uchun chipta puli to‘liq qaytarilishini bildirdi.

Xabarlarga ko‘ra, aviashirkat Daoga uchoqdan tushib qolishi uchun dastlab 800 dollar taklif qilgan, biroq Dao bu taklifga ko‘nmagan.

AQShda ayrim siyosatchilar aviashirkatlar o‘rinlar sonidan ko‘proq chipta sotishini cheklovchi qonunlarni joriy qilishga chaqirmoqda.

XS
SM
MD
LG