Линклар

Marhum prezident Islom Karimovning maqbarasiga milliy gvardiyadan doimiy qo‘riqchi qo‘yilishi, o‘zbekistonlik kam ta’minlangan oilalarning ipoteka krediti olishdan mahrum ekanligi haqida AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik yozuvchi va jurnalist Jahongir Muhammad OzodNazar da o‘z fikrlarini bildirdi.

Jahongir Muhammadning OzodNazarda bildirgan ayrim fikrlaridan iqtiboslar:

“Kuchli lider bir millatni, bir xalqni dunyoga ko‘rsataman desa, uni maqbara orqali ko‘rsatishi kerak emas...”

“Mirziyoevning o‘zi hamma sohaning dabdalasi chiqib ketganini takror-takror aytyapti, lekin Karimovning o‘zi buyuk, qani mantiq?...”

“O‘zbekistonda hozir juda katta gapirilyapti, lekin amalda hech narsa bo‘lmayapti”...

“O‘zbekistonda davlatning pulini boylar bilan birga aylantirgan, chet ellarga chiqartirib yuborgan odamlarning hammasi bugun davlat tizimida o‘tiribdi. Agar ularni yangilamasa, ularning o‘rniga halol va bilimli yoshlarni olib kelmasa hech narsa o‘zgarmaydi”...

“O‘zbekistonga za’faron urug‘ini emas, birinchi navbatda vijdonning urug‘ini sepish va uni avaylab ko‘kartirib olish kerak!”...

XS
SM
MD
LG