Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:09

Gazlida jurnalist Aleksey Volosevichning fleshkasi tortib olindi


O‘zbekistonlik mustaqil jurnalist Aleksey Volosevich 14 aprel kuni Buxoroning Romitan tumani Gazli shahrida bozorni fotosuratga olayotgan paytda militsiya xodimlari tomonidan ushlangan va ikkita fleshkasi tortib olingan. Romitan tumani militsiyasining Ozodlik suhbatlashgan xodimi jurnalist Gazlida "ruhsatsiz suratga olgani" uchun ushlanganini aytdi. Militsiya bo‘limida jurnalist so‘roq qilingan, barmoq izlari olinib, qo‘yib yuborilgan.

Romitan tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimi Ozodlik bilan suhbatda Volosevich Gazli shahar markazida odamlarni suratga olayotgan paytda uchastka noziri e’tiboriga tushgani va shu uchastka noziri uni Gazli shahar militsiya bo‘limiga olib borganini aytdi.

Keyin, Volosevich Romitan tumani IIBsiga olib kelingan. Jurnalist fotoapparatidagi fotosuratlari o‘chirilib qaytarib berilgan, lekin Qashqadaryo va Buxoroda olingan suratlarga to‘la ikkita fleshkasini militsiya tekshirish uchun olib qolgan.

O‘zbekistonda qonun odamlarning fototurat olishini taqiqlamaydi.

Nima uchun jurnalist Gazli shahrida suratga olgani uchun ushlangani hozircha jumboq.

Jurnalist Aleksey Volosevich militsiya bo‘limida kechgacha ushlab turilgach, qo‘yib yuborilgan.

U 15 aprel kuni Buxorodan Toshkentdagi uyiga yo‘l olgan.

2005 yildagi Andijon voqealarining guvohi bo‘lgan Aleksey Volosevich bundan avval ham o‘z faoliyati tufayli O‘zbekistonda bir necha bor qo‘lga olingan.

2013 yilda Volosevich Farg‘onada eski-tuski bozorini suratga olayotganida militsiyaga olib ketilib, suratlari o‘chirib tashlangan edi.

2010 yili esa O‘sh qirg‘ini payti Qirg‘izistonga borib o‘zbek qochqinlari ahvolini o‘rganmoqchi bo‘lganida, u Andijonda qo‘lga olinib, militsiya bo‘limida qariyb uch kun hibsda ushlab turilgandi.

XS
SM
MD
LG