Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2019, Тошкент вақти: 09:52

Prezident Mirziyoev Samarqandni tramvayda kezdi (video)


15 aprel kuni Samarqand shahrida ilk bor tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yildi va prezident Mirziyoev yo‘lovchilar bilan birga tramvayda shahar kezdi. Rasmiy televidenieda prezidentning "viloyat faollari" bilan tramvayda chaqchaqlashib borayotgani ko‘rsatildi. Shaharda tramvay qatnovini yo‘lga qo‘yish taklifi 6 oy oldin Mirziyoevning o‘zidan chiqqan edi.

2016 yilning 5 oktabrida Samarqandda bo‘lgan Mirziyoev yo‘lovchi tashuvchi transport tizimini rivojlantirish uchun travmay yo‘llarini qurish kerak, deb taklif qilgan edi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, oradan 6 oy o‘tib, shaharda tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yildi va 15 aprel kuni bu yo‘nalishni ochib bergan Mirziyoev ilk yo‘lovchilar bilan birga tramvayga chiqdi.

Tramvayda viloyat faollari bilan "amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilayotgan e’tibor haqida samimiy muloqot qildi".

​Bundan buyon Samarqandning Temiryo‘l vokzali va Sartepa mavzesi yo‘nalishidagi 6 yarim kilometr masofada 8 ta tramvay qatnaydi. Rasmiy xabarda kelgusida yana 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 20ta tarmvay qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalangani aytildi.

Bundan tashqari, prezident Samarqanddagi Xalq qabulxonalarini borib ko‘rdi va qabulxona xodimlariga "eng asosiy e’tiborni odamlarni rozi qilishga qaratish"ni tayinladi.

Shuningdek, shaharda "erkin turistik hududni barpo etish bo‘yicha 2017-2019-yillarga mo‘ljallab, ishlab chiqilgan loyihalar" bilan tanishdi.

Mazkur loyihalarga binoan, shahar makazida sayyohlar uchun ko‘ngilochar kompleks, eshkak eshish bo‘yicha qishki dam olish maskani quriladi.

Prezidentnning 12 yanvardagi qarori bilan Samarqandda umumiy qiymati 250 million dollarlik "Urgut" erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish harakati ham bormoqda.

XS
SM
MD
LG