Линклар

Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on 16 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendumda “yaqqol g‘alaba”si e’lon qilinganidan so‘ng o‘z strategiyasini tatbiq etishga kirishdi. Saylovchilarning yarmidan sal ko‘prog‘i prezident hokimiyatini mustahkamlash va hozirda parlament respublikasi bo‘lgan Turkiyada boshqaruvning prezidentlik shakliga o‘tish uchun o‘z ovozini berdilar. Referendumdan so‘ng Erdo‘g‘on e’lon qilgan birinchi qadamlar orasida o‘lim hukmini qayta joriy qilishga tayyorgarlik ko‘rish ham bor.

Agar prezidentning say’-harakatlari muvaffaqiyatga olib kelsa, bu Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi muzokaralarni jiddiy tarzda murakkablashtiradi. YeI mamlakatlarida o‘lim hukmi taqiqlangan.

Turkiya Markaziy saylov komissiyasi 16 aprel kuni kechqurun saylovchilarning 51,3 foizi konstitutsiyaviy o‘zgarishlar foydasiga ijobiy javob berganligini ma’lum qildi. 25 million saylovchi prezident islohotini qo‘llab-quvvatladi va 24 millionga yaqini bunga qarshi ovoz berdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga yangi favqulodda vakolatlar berilishiga yo‘l ochuvchi 16 aprel kungi referendum natijalari haqiqiydir, deb bayonot berdi Turkiya Yuksek sechim qurumu (Markaziy saylov komissiyasi) raisi .

Markaziy saylov komissiyasi raisi Sadi Guven bu bayonot bilan 17 aprel kunimuxolifatdagi Respublika partiyasi referendumda qonun buzilish holatlari, jumladan muhr qo‘yilmagan saylov byulletelari ishlatilgani to‘g‘risida bayonot berganidan so‘ng chiqish qildi.

Turkiyada yakshanba kuni o‘tgan referendumda saylovchilarning 51 foizdan ko‘prog‘i Konstitutsiyaga kiritilgan 18 ta o‘zgartishni qo‘llab ovoz berdi.

Mazkur o‘zgartishlar ortidan Turkiya parlament respublikasidan prezident boshqaruvidagi davlatga aylanadi va prezident Erdo‘g‘on 2029 yilgacha hokimiyatda qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yakshanba kuni Erdo‘g‘on jurnalistlarga refernedumda saylovichlar o‘zgartishlarni qo‘llab ovoz berishiga ishonishini aytgan edi:

-Bugun kechqurun ovoz berish yakunlanib, ovozlar sanab bo‘linganidan so‘ng Alloh ko‘magi bilan Turkiya kelajak sari kutilgan qadamni tashlaydi,- dedi Erdo‘g‘on.

Turkiya prezidenti referendumdan so‘ng mamlakatda 2004 yilda bekor qilingan o‘lim jazosini qayta tiklash va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish masalasini qayta ko‘rib chiqishga va’da bermoqda.

Markaziy saylov komissiyasi ovozlarning 99 foizi sanab bo‘linganini bildirdi. Referendum natijalari rasman 11-12 kundan so‘ng e’lon qilinishi kutilmoqda.

Turkiya muxolifatidagi Respublika Xalq partiyasi ovozlarning 60 foizini qayta sanab chiqilishini talab qilayotir. Muxolifatga ko‘ra, saylov natijalari sohtalashtirilgan bo‘lishi mumkin.

XS
SM
MD
LG