Линклар

Turkiya Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentiga yangi vakolatlar beruvchi referendumda ushbu taklif tarafdorlari g‘olib chiqqanini e’lon qildi va bu xabar Turkiyada bir tomondan quvonch bilan, ikkinchi tomondan norozilik aksiyalari bilan qarshi olindi.

Muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi ovozlarning 60 foizini qayta sanashni talab qildi, muxolifat tarafdorlari Istanbul ko‘chalarida qozon va tovalarni taqirlatib namoyishga chiqdi.

Yaqin Sharq bo‘yicha mutahassis¸ referendum jaraënini Turkiyada kuzatgan Currenttime.tv muxbiri Shohida Yoqubga ko‘ra¸ Yaqin Sharqda muvaffaqiyatli davlat o‘rnagi bo‘lgan Turkiya tarix qa’riga ketmoqda.

- Erdo‘g‘on faqat o‘z saltanatini o‘rnatish ambitsiyasida Turkiyadagi barqarorlik va demokratiyani qurbonlikka keltirdi. Yuzlab jurnalistlar qamalgan¸ gazeta va jurnallar yopilgan favqulodda holat rejimidagi bu referendum natijalari shubhali, deydi suhbatdosh...

XS
SM
MD
LG