Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:27

Federal xavfsizlik xizmati Akbarjon Jalilovni xudkush terrorchi deb tan oldi VIDEO


Akbarjon Jalilov.
Akbarjon Jalilov.

Rossiyaning TASS agentligi Federal xavfsizlik xizmatiga iqtibosan “Peterburg metrosidagi hujumni amalga oshirish uchun xudkush terrorchi Akbarjon Jalilovni tayyorgarlikdan o‘tkazgan Abror Azimov” qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Federal xavfsizlik xizmati bu bayonot bilan 3 apreldan beri birinchi marta Akbarjon Jalilovni gumonlanuvchi emas, terrorchi deb atadi.

Moskva viloyatining Odintsovo tumanida Sankt-Peterburg metrosidagi terror hurujini uyushtirishga aloqadorlikda gumonlangan yana bir markaziy osiyolik qo‘lga olingani xabar qilindi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining 17 aprel kuni bildirishicha, qo‘lga olingan shaxs 1990 yilda tug‘ilgan Abror Axrorovich Azimovdir. Federal xavfsizlik xizmati Azimov Peterburg metrosidagi hujumni amalga oshirish uchun uni tayyorgarlikdan o‘tkazgan, deb gumon qilmoqda.

Federal xavfsizlik xizmati tomonidan Abror Azimovni qo‘lga olish jarayoni aks etgan video ham tarqatilgan.

Mazkur videoda maxsus xizmat xodimlari Azimovdan to‘pponchani va ikkita smartfonni musodara etayotgani aks etgan. Videoda maxsus xizmat xodimining “Sizni nega qo‘lga olishgani haqida taxminingiz bormi?” degan savoliga Abror Azimov qisqa qilib “Ha”, deb javob bergan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko “Terrorchilik harakati tashkilotchilarini aniqlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda”, deb bildirdi.

Tergovchilar 27 yashar bu yigit Rossiya vatandoshligiga ega ekanini ma’lum qilmoqda. Hozirda Azimov Rossiya Tergov Qo‘mitasida so‘roqqa tutilayotgani ma’lum.

Seshanba, 18 aprel kuni Moskvaning Basmanniy tuman sudida Abror Azimovni tergov yakuniga qadar hibsda qoldirish masalasi ko‘riladi.

Abror Azimovni Odintsovo tumanida hibsga olish jarayoni
Abror Azimovni Odintsovo tumanida hibsga olish jarayoni

Ozodlik o‘z manbalaridan terrorchilikda gumonlanayotgan Abror Azimov oldinroq hibs etilgan o‘zbekistonlik idish yuvuvchi Shohista Karimova va tojikistonlik oshpaz Sodiq Ortiqov bilan "Lesnoe" kafesida birga ishlab kelganini aniqladi. FSB Akbarjon Jalilov Peterburg metrosida portlash uyushtirishdan oldin Abror Azimovga ikki marotaba qo‘ng‘iroq qilgani sababli uni jinoyatga aloqador, deb gumon qilmoqda.

Millati o‘zbek bo‘lgan Abror Azimov ham Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatida tug‘ilgan va ulg‘aygan, 2013 yilda u qirg‘iz pasportidan voz kechib, Rossiya grajdanligiga o‘tgani ma’lum.

Fsbchilar go‘yo Abror Azimov boshqarilgan guruh boshqa portlashlarni ham amalga oshirishga hozirlanganini xabar qilmoqda.

Shunday qilib, Sankt-Peterburg metrosida 3 aprel kuni amalga oshirilgan portlashga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olinganlar soni o‘n kishidan oshib ketdi. Ulardan 3 nafari O‘zbekiston vatandoshi ekani aytilmoqda.

6 aprel kuni Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburg metrosidagi portlashlarga aloqadorlikda gumonlanib 6 odam qo‘lga olinganini ma’lum qilgan edi. Ularning 6 nafari Peterburgda, 2 nafari esa Moskvada qo‘lga olingani xabar qilingan.

11 aprel kuni Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi yig‘ilishida Federal xavfsizlik xizmati raisi Aleksandr Bortnikov qo‘lga olingan shaxslar yashirin terrorchi guruhlar a’zolari bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot bergan.

“Ulardan katta miqdorda qurol va jarohat yetkazuvchi vositalar musodara qilindi. Terror tashkilotchilari hamda ularning ehtimoliy hamkorlarini qidirish ishlari davom etmoqda", deb bildirgan Aleksandr Bortnikov.

3 aprelda sodir etilgan Peterburg metrosidagi terakt natijasida 15 odam o‘lgan¸ 50 dan oshig‘i jarohat olgan edi. Rossiya Tergov qo‘mitasi xudkush hujumchi deb kelib chiqishi qirg‘izistonlik, ammo Rossiya grajdanligiga ega o‘shlik Akbarjon Jalilovni e’lon qilgandi.

XS
SM
MD
LG