Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 19:22

Mirziyoev tanqididan so‘ng Chilonzorni islovotxonalardan tozalash boshlandi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 11 aprel kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘inida Chilonzor tumanida kengayib ketgan fohishaxona va qo‘shmachilar tarmog‘i uchun tuman ichki ishlar boshlig‘i, prokurori va hokimini qattiq tanqid qilishi ortidan militsiya kafelar, tungi klub va pritonlarga reydlarni kuchaytirdi.

Chilonzor Ichki ishlar bo‘limining tuman bo‘yicha o‘tkazayotgan reydlariga bevosita aloqador mulozimning Ozodlikka aytishicha, so‘nggi uch kun ichida Chilonzordagi 58 ta ob’ekt - tungi klub, kafe, sauna va uylarda tekshiruv o‘tkazilib, 38 odam qo‘shmachilik qilish, fohishalik bilan shug‘ullanish va fohisha saqlashda gumonlanib ushlangan.

“Oriyat” deb nomlangan reydlar davomida, shuningdek, tumandagi ikkita restoran va bir mehmonxonada mijozlarga tijoriy jinsiy xizmat taklif qilganlikda gumonlanayotgan to‘rt shaxs qo‘lga olingan.

- Juma, shanba va yakshanba kunlari 58 ta obe’ktda, bular tungi klub, kafe, sauna, Cho‘ponota va Qatortol ko‘chalari kesishgan joydagi uylarda reydlar o‘tkazildi. U yerda fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan 38 nafar ayol va ularning qo‘shmachilari ushlandi. Ular jarimaga tortilib, Sirg‘ali tumanidagi teri-tanosil kasalliklar dispanseriga jo‘natildi. To‘rt odam restoran va dam olish maskanlarida fohisha saqlab, priton uyushtirishda ayblanib qo‘lga olindi. Ayrim tungi klub xo‘jayinlari esa fohishalarni kiritgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi, - dedi Chilonzordagi reydlar tafsilotidan yaxshi xabardor mulozim .

Prezident Shavkat Mirziyoev 11 aprel kungi videoselektor yig‘inida Chilonzor tumanidagi fohishaxonalar va qo‘shmachilar tarmog‘ini deb tuman militsiyasini tanqid qilgan va hokimdan tashqari Chilonzor nazorat idoralari rahbarlarini ishdan olgan edi.

Chilonzor tumani militsiyasining 13 aprel kuni ishdan olingan boshlig‘i, polkovnik Abdumajid Shermuhammedov transvestitlarni kaltaklagan kapitan va katta leytenant unvonidagi militsionerning pogonlarini yulib tashlagani ortidan matbuotda tanilgan edi.

Ўзбекона қонунчилик
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:28 0:00

Chilonzor tumanida yashovchi jurnalist Bobomurod Abdulla tumandagi islovotxonalarga qarshi boshlangan bu harakatlarni olqishlaydi¸ ammo vaqt-vaqti bilan qilinadigan bunday reydlar samarasiga shubha bildiradi:

- Chilonzorda fohishalarga qarshi reydlar o‘tkazilishi juda yaxshi. So‘nggi paytda bu rayon Toshkentning katta fohishaxonasiga aylangan edi. "Shuhrat" do‘konidan Qatortol ko‘chasi bo‘ylab yosh bolalaringizni sayrga olib chiqib bo‘lmaydigan darajada bo‘lib ketdi. Lekin fohisha militsiya qo‘liga tushib qolsa bormi, nimalar qilmaydi deysiz. Reydlar davomida fohishalar kaltaklangani holatlarini, zo‘rlangani holatlarini men o‘rganganman. Menimcha tizimli islohotlar yo‘li bilan bunga qarshi kurashish mumkin, zo‘raki reydlar kifoya emas, - deydi Bobomurod Abdulla.

O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 131- moddasiga binoan, "mo‘may pul topish maqsadida fohishalik bilan shug‘ullanish yoki qo‘shmachilik qilish eng kam ish haqining 25 dan 50 barobarigacha yoki uch yilgacha majburiy tarbiyaviy mehnat" bilan jazolanadi.

Ushbu jinoyat uyushgan guruh tomonidan amalga oshirilgan hollarda, jarima miqdori eng kam ish haqqining 75-100 barobari miqdorida yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

XS
SM
MD
LG