Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:39

O‘zbek muhojiriga o‘q o‘zgan Tula politsiyachilari hibsga olindi


Rossiyada politsiya xodimlarining muhojirlarga nisbatan zo‘ravonligi keng ko‘lamli jarayonga aylangan.
Rossiyada politsiya xodimlarining muhojirlarga nisbatan zo‘ravonligi keng ko‘lamli jarayonga aylangan.

7 aprel kuni hujjat tekshirish bahonasida o‘zbekistonlik muhojirni ichki ishlar bo‘limiga olib kelib¸ uni qilmagan jinoyatiga iqror bo‘lishga majburlagan¸ muhojir bunga ko‘nmagach¸ unga o‘q uzgan ikki politsiyachi FSB maxsus guruhi tomonidan qo‘lga olinib¸ ularga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Tula viloyat Tergov qo‘mitasi Yasnogorsk tuman politsiyasiing ikki xodimini jinoiy javobgarlikka tortdi.

Tergov qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, politsiya xodimlari hujjat tekshirish bahonasida ko‘chada ushlangan o‘zbekistonlik muhojirni bo‘limga olib kelgan va o‘g‘irlikka “iqror” bo‘lishga majburlagan.

"Bu shaxsdan rad javobini olgan politsiyachilar uni kishanlangan holda xizmat avtomobilida Yasnogorsk tumani tashqarisiga olib chiqib, o‘rmonda qattiq kaltaklagan. Ular “o‘g‘irlikka iqror bo‘lish” va “sheriklar haqida ma’lumot berish” talabi bilan jabrlanuvchi oëg‘iga kamida 5 marotaba travmatik pistoletdan o‘q uzgan", deyiladi rasmiy baënotda.

Tula Tergov boshqarmasi rasmiysi Tatьyana Grizlova Ozodlik muxbiriga ismi oshkor qilinmayotgan o‘zbekistonlik muhojir politsiyachilar bosimi ostida o‘ziga berilgan barcha hujjatlarga qo‘l qo‘yganini bildirdi.

Rasmiyga ko‘ra¸ voqea joriy yilning 7 aprelida sodir bo‘lgan:

- Jabrlanuvchi tirik¸ uning ko‘rsatmalariga ko‘ra¸ politsiyachilar unga o‘q otgan¸ biroq jarohati jiddiy emas. Hozir sog‘lig‘i joyida. Otish va kaltaklash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tekshiruvidan so‘ng xulosa chiqaramiz, dedi Tatyana Grizlova.

Bu rasmiy¸ o‘zbekistonlik muhojirga nisbatan qo‘zg‘atilgan soxta jinoiy ish bekor qilinganini ham qo‘shimcha qildi.

Tergov qo‘mitasi vakilasi 32 va 48 yashar politsiyachilarning FSB maxsus guruhi tomonidan hibsga olinganini ma’lum qildi:

- O‘zbekistonlik FSBga murojaat qilibdi va ular tomonidan maxsus operativ amaliyot o‘tkazilib, politsiyachilar hibs etildi. Bugun ularni tergov yakuniga qadar hibsda qoldirish masalasi sudda ko‘riladi. Tergov davom etmoqda, dedi Tergov qo‘mitasining Tula viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot kotibi Tatyana Grizlova.

Rossiya Tergov qo‘mitasi vakillari tulalik politsiyachilarga nisbatan mamlakat Jinoyat Kodeksining 286-moddasi, 3-qismi, “a” bandi, ya’ni “zo‘ravonlik ishlatgan holda o‘z vakolatlari doirasidan chetga chiqish” asosida jinoiy ish ochilganini ma’lum qildi.

Bu ayb sudda o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda politsiya xodimlari 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

O‘zbek muhojirining politsiyachilar hujumiga uchraganiga munosabat bildirgan Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiysi Irina Volk¸ jinoyat tasdig‘ini topsa, nafaqat hibsga olingan politsiya xodimlari, balki butun boshli tuman politsiya bo‘limi rahbariyati ishdan ketishi mumkinligini bildirdi.

Rossiyada politsiya xodimlarining muhojirlarni kaltaklashi¸ ularga nisbatan turli zo‘ravonlik qo‘llashi tez-tez uchrab turadi.

Xususan, 2017 yilning 28 yanvariga o‘tar kechasi Sankt-Peterburgning Pushkinskiy tuman politsiya bo‘limida 39 yashar o‘zbek muhojiri o‘ldirilishi yuzasidan jinoy ish ochilgan edi.

Podmoskovyening Solnechnogorsk shahrida 6 yashar qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanib, politsiya bo‘limiga olib kelingan 39 yoshli Tojikiston fuqarosi o‘lib qolgan edi. Uni urib o‘ldirgan, uch nafar politsiya xodimi javobgarlikka tortildi.

2011 yilning 5 dekabrida Xabarovsk shahar sudi post-patrul xizmatining sobiq xodimlari 33 yoshli Aleksandr Teleshin va 27 yoshli Vladimir Maslovni O‘zbekiston fuqarosi Akbar Sapaevni politsiya bo‘limida qiynoqqa solib, uni tabel qurolidan otib tashlaganlikda aybdor deb topgan edi.

Sud hukmiga ko‘ra, Teleshinga 11 yil, Maslovga 3 yil qamoq jazosi tayinlangan edi.

XS
SM
MD
LG