Линклар

13 декабр 2017, Тошкент вақти: 21:56

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskva sharqidagi Vladimir viloyatida chorshanba kuni ro‘y bergan otishmada xavfsizlik kuchlari markaziy osiyolik ekani gumonlanayotgan ikki qurolli shaxsni otib o‘ldirganini xabar qildi.

Biri 1991 yilda, yana biri 1987 yilda tug‘ilgan markaziy osiyolik xavfsizlik kuchlariga qurolli qarshilik ko‘rsatgani iddao qilindi.

Xavfsizlik xizmati tarqatgan videolavhada dala hovlisidagi xonalardan birida o‘lik holda va qo‘lida avtomat ushlab turgan muhojirlar tasvirlangan.

(Video Vladimir viloyat FSB boshqarmasi tomonidan taqdim etildi)

Mahalliy ommaviy axborot vositalari o‘ldirilgan shaxslarni allaqachon “terakt tashkilotchilari” sifatida gavdalantirishga tushdi.

O‘ldirilganlarning xalqaro terrorchi guruhlarga aloqadorligi gumonlanmoqda.

“Mazkur shaxslar xalqaro terrorchilik tashkilotlari yollovchilari bilan aloqada bo‘lgan, yasama portlovchi moslamalar texnologiyalariga qiziqqan va Rossiya hududida terrorchilik aktlarini sodir etishga hozirlik bildirgan”, deyiladi FSB rasmiy xabarida.

FSB o‘z xodimlari orasida yaralanganlar yo‘qligi, hodisa joyida portlovchi moslama komponetlari, Kalashnikov avtomati, Makarov pistoleti va o‘q-dori musodara qilinganini bildirdi.

Rossiya FSBsining Vladimir viloyati bo‘yicha boshqarmasi mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish ochdi.

Lekin o‘ldirilganlar Markaziy Osiyoning aynan qaysi mamlakati fuqarolari bo‘lgani haqida ma’lumot keltirilganicha yo‘q.

Vladimirdagi otishma Sankt Peterburg shahrida 15 odam o‘limiga sabab bo‘lgan metrodagi portlashlardan 16 kun o‘tib sodir bo‘lmoqda.

Shu paytgacha portlashlarga aloqadorlikda gumonlanib 9 odam hibsga olindi.

XS
SM
MD
LG