Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:35

O‘zbekistonda militsioner kimlardan qo‘rqadi?


2016 yilda 4518 nafar xodim, shundan 966 nafar xodim salbiy holatlarga ko‘ra ichki ishlar idoralaridan bo‘shatilgan. Ulardan aksariyati poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab vakolatlari doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etgan.

Bu ma’lumotni Prezident Mirziyoev 9 fevral kuni o‘tkazgan selektor yig‘ilishida ochiqlagan edi.

Fikrini davom ettirar ekan, davlat rahbari “Bunday holatda aholi orasida ichki ishlar xodimi obro‘sini qanday qilib oshirish mumkin? Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak?” – degan edi.

Qonun himoyachilarining o‘zlari jinoyat qurboni bo‘lsachi? Bu holatda ular dardini kimga aytishi kerak?

Bu OzodMikrofon eshittirishiga murojaat qilgan o‘rtachirchiqlik militsiya xodimining aytganlari zamiridagi savoldir.

Toshkent viloyat, O‘rtachirchiq tuman, Qorasuv qishlog‘ida yashovchi sobiq militsiya xodimi “ham kaltak yeb, ham ishdan bo‘shatilgani alam qilayotgani” uchun Ozodlikka bundan 3 yil muqaddam sodir bo‘lgan voqeani aytib berdi.

“Bozordagi mafiya”, “militsionerlar qo‘rqadigan tarozibon”, “4 ming dollarlik pora”, “Prezident portaliga yozilgan arizalar” – bular qariyb yarim soatlik suhbatdagi kalit tushunchalardir.

Avvaliga ism-familiyasini to‘liq aytgan sobiq militsiya xodimi suhbat yakuniga yetgach, ismini aytmasligimizni so‘radi.

Suhbatni tinglang.

Ўртачирчиқлик собиқ милиционер билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:25:51 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG