Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:27

Davlat mulozimlarini 20 soatlab ishlatish bilan Mirziyoev ahvolni yaxshilay oladimi?


Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev

Prezident etib saylanishidan besh oy o‘tib Shavkat Mirziyoev O‘zbekistonda "vaziyat nihoyatda og‘ir"ligini ochiqcha tan oldi va og‘ir ahvolni o‘nglash uchun kelgusi ikki yil davomida mutasaddilar "favqulodda holat"da ishlashi zarurligini e’lon qildi.

Shu paytgacha muxolifat ritorikasidan o‘rin olgan tanqidiy jumlalarning Mirziyoev lug‘atiga kiraëtgani kuzatiladi.

So‘nggi ikki kun ichida Toshkentning 11 ta tumanidan oltitasida hokim almashtirgan Mirziyoev mamlakatni “noqobil kadrlardan” tozalashni boshlab yubordimi? Ertalabki soat 6 dan tungi 2 gacha ishlayotgan mulozimlarning sillasi qurib qolmaydimi? Mirziyoev e’lon qilgan “ikki yillik” jadal jaraëndan biror samara bo‘ladimi?

Bu savollar javobini "Qurultoy" dasturida qidirdik. Bu savollarga javob izlagan dastur qatnashchilarining fikri ikkiga ayrildi.

Bir taraf “Karimov davrida yollo qilib yurgan mulozimlarni 20 soatlab ishlatib samara olish kerak¸" deya Mirziyoev tashabbuslarini qo‘lladi.

Yana bir taraf esa¸ “shaxmat taxtasidagi donalar rangi almashinuvi¸ vaziyatni o‘zgartirmaydi” deya shubha bildirishdi.

Қурултой эшиттириши
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:49:20 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG