Линклар

Matbuot sharhi: Konvertatsiya yo‘qligidan manfaatdorlar islohotlarga qarshi chiqayapti


Kun.uz saytining iqtisodiy tahlilchi Yuliy Yusupov (suratda) bilan suhbat bosilgan sahifasi.

"Islohotlarga konvertatsiya joriy qilinishidan manfaatdor bo‘lmaganlar tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqishyapti". Bu fikrni iqtisodiy tahlilchi Yuliy Yusupov kun.uz saytiga bergan suhbatida prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 19 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisini sharhlayotib bildirdi.

Tahlilchining fikricha, import hajmining asoslanmagan o‘sishi muammosi mamlakatda bir necha valyuta almashtirish kursi mavjudligi bilan bog‘liq. Muammoni нechish yo‘llari to‘g‘risida fikr yuritar ekan, tahlilchi bunday degan:

"Bu muammoni faqat rasmiy almashtirish kursini devalvatsiya qilish, joriy operatsiyalar bo‘yicha konvertatsiyaga cheklovlarni bekor qilish va naqd pul aylanmasi yo‘lidagi ma’muriy to‘siqlarni yo‘q qilish bilangina yechish mumkin, bu choralar valyuta ayirboshlash kurslarining yagona bo‘lishiga olib kelishi kerak. Amaldorlarning kabinetida emas, bozor sharoitda shakllangan ayirboshlash kursi talab va taklifning muvozanatga kelishini ta’minlaydi, valyutaga bo‘lgan katta talabni yo‘qqa chiqaradi, bugungi kunda valyutani davlat kursida xarid qilayotgan tanlangan importchilarni buyuk daromadlardan mahrum etadi", degan iqtisodiy tahlilchi Yuliy Yusupov.

kun.uz saytiga bergan suhbati yakunida tahlilchi mana bunday degan:

"Biroq, shu narsani e’tibordan qochirmaslik kerakki, valyuta bozorini erkinlashtirish — barcha dardlarga davo emas, shunchaki soliq, bank, ma’muriy, agrar va boshqa islohotlarni qamrab olgan kompleks iqtisodiy islohotlarning muhim elementlaridan biri hisoblanadi".

XS
SM
MD
LG