Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:33

Toshkentliklarga garajlarini buzish uchun ikki kun muhlat berildi


Toshkentning Yakkasaroy tumanida barcha temir garajlar eshigida, ularning egalarini "ikki kun ichida garajlarini buzib, joyni bo‘shatib qo‘yishlari" haqidagi ogohlantirish xatlari paydo bo‘ldi. Toshkentda avtostoyankalar qurilishiga mas’ul idora hamda mahalla qo‘mitasi nomidan 21 aprel sanasi bilan yozilgan ogohlantiruv xatida barcha garajlar ikki kun ichida buzilishi, talab bajarilmasa hokimlik ularni kuch bilan buzib, xarajatlarni garaj egalaridan undirib olishi mumkinligi aytilgan.

Yakkasaroy tumani hokimiyati mulozimlariga ko‘ra, temir garajlar zamonaviy arxitektura talablariga javob bermasligi, shahar qiyofasini buzayotgani uchun egallab turgan er maydonidan olinishi kerak.

Ular o‘rnida zamonaviy stoyankalar quriladi va garaj egalariga ularni hisobidan avtostoyanka qurishiga ruhsat beriladi, deyilgan ogohlantiruv xatida.

“Ikki kun ichida garajni o‘z kuchingiz va mablag‘ingiz hisobidan buzishni va er maydonidan olishni so‘raymiz”, - deb yozilgan 21 aprel sanasi bilan yozilgan ogohlantiruv xatida.
“Ikki kun ichida garajni o‘z kuchingiz va mablag‘ingiz hisobidan buzishni va er maydonidan olishni so‘raymiz”, - deb yozilgan 21 aprel sanasi bilan yozilgan ogohlantiruv xatida.

Lekin, poytaxtliklar temir garajlari buzilishini istashmaydi.

- Garajimizni buzib, bizni oyiga pul to‘lanadigan garajlarga ilintirib qo‘yishmoqchi. Shu stoyanka egalari manfaatini o‘ylab qilishyapti buni, - dedi toshkentlik garaj egalaridan biri.

Ammo ko‘pqavatli uylarda yashovchilarning ayrimlari temir garajlar buzilishini qo‘llab-quvvatlashmoqda.

- Uylarini oldiga temir garajlarni qurib olgan, ko‘rimsiz bo‘lib yotibdi. Garajingni ol, pod’ezdni to‘sib qo‘ygan, desak, hokimiyatdagi qarindoshini pesh qilishar edi. Endi pod’ezd atroflari ochiladigan bo‘ldi, - deydi toshkentlik.

15 aprel kuni Toshkent shahar hokimligida o‘tgan yig‘inda shaharda barpo etilajak ko‘p qavatli avtostoyankalar loyihasi taqdim etilgan edi.

Hokimiyat shaharda avtomototransport vositalarining kundan kunga ortib borishi va ularni vaqtinchalik saqlash joylari yetishmasligi masalasini ko‘pqavatli stoyankalar qurish orqali hal etmoqchi.

Xokimiyat mulozimlariga ko‘ra, shahardagi hozirgi mavjud garajlar xavfsizlik qoidalariga javob bermaydi va ular buziladi.

Toshkent hokimiyatiga ko‘ra, hozirda temir beton garajlar 25,63 gektarli yer maydonlarini egallab, 8470 dona avtomobillarni joylashtirish imkoniyatiga ega, yuridik shaxslar tomonidan jami 69,16 gektarli yer maydonlari egallangan bo‘lib, sig‘imi 27413 dona avtomobilni joylashtirish imkoniyatiga ega.

Biroq ushbu avtoturargohlarning talablarga javob bermasligi hamda ulardan boshqa maqsadlarda ham foydalanish holatlari kuzatilmoqda.

Hokimiyat bundan oldin ham garajlarni egalarini o‘zlari buzishi kerakligi haqda ularga ogohlantiruv xatlari jo‘natgan edi.

XS
SM
MD
LG