Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:02

O‘zbekistonning ba’zi tumanlarida gazni xususiy tadbirkor sotadi


Urganch tumani, Sholikor qishlog‘idagi gaz tarqatuvchi uskuna (GRP)
Urganch tumani, Sholikor qishlog‘idagi gaz tarqatuvchi uskuna (GRP)

O‘zbekiston hududlarida, jumladan, Toshkent shahrida gaz ta’minoti ob’ektlarining bir qismi boshqaruvi xususiy operatorlarga o‘tkazib beriladi. Xususiy operatorlar gaz bo‘lishtirish tarmog‘idan foydalanib, tabiiy gaz sotish huquqiga ega bo‘ladi.

Gazeta.uz nashrining bildirishicha, bu haqda prezident Mirziyoev 20 aprel kuni imzolagan qarorda aytilgan.

Tajriba loyihasi sifatida dastlab Toshkentda “Bektemirtumangaz”, Qoraqalpog‘istonda “Kegeylitumangaz”, Andijon viloyatida “Shaxrixontumangaz”, Buxoro viloyatida “Kagantumangaz”, Jizzax viloyatida “Zomintumangaz”, Qashqadaryo viloyatida — “Karshitumangaz”, Navoiy viloyatida “Qiziltepatumangaz”, Namangan viloyatida “Namangantumangaz, Samarqand viloyatida “Narpaytumangaz”, Surxandaryo viloyatida “Jarqo‘rg‘ontumangaz”, Sirdaryo viloyatida “Yangiershahargaz”, Toshkent viloyatida “Yangiyultumangaz”, Farg‘ona viloyatida “Oltiariqtumangaz” va Xorazm viloyatida “Yangiariqtumangaz” xususiy operatorlarga beriladi.

Qarorda aytilishicha, bundan maqsad gaz ta’minoti sohasiga bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini kiritish va boshqaruv tizimini yaxshilash, tizimni modernizatsiyalash uchun sarmoyalar jalb qilishdir, xizmat ko‘rsatish sifatini va iste’mol qilingan gaz uchun haq undirishni yaxshilashdir.

Mazkur qaror 1 iyundan boshlab kuchga kirishi aytilmoqda. Xususiy operatorlar tanlov yo‘li bilan aniqlanadi. Xususiy operatorlar tabiiy gaz sotish uchun litsenziya olgach, o‘z faoliyatini boshlash huquqiga ega bo‘ladi. Ularga sotilgan gaz miqdorining 21 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda komissiya belgilangan.

XS
SM
MD
LG