Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:56

“Asaka” bankining sobiq rahbari Qahramon Oripov sud zalidan ozod qilindi


20 aprel kuni “Asakabank” aktsiyadorlik tijorat banki sobiq raisi, 49 yashar Qahramon Oripov jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining appelyatsiya sudlov hay’ati qarori bilan sud zalidan ozod qilindi. Bu haqda “Ozodlik”ning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi ismi sir qolishini istagan manbasi xabar qildi.

“Qahramon Tursunovich va uning 3 nafar sherigi sud zalidan ozod qilindi. Bank xodimlariga nisbatan amnistiya qo‘llanildi. U qariyb bir yil davomida qamoqda o‘tirdi. O‘tgan yil kuzida mamlakatda rahbariyat o‘zgargach, ularning ozod qilinishiga umid paydo bo‘lgandi”, deydi Markaziy bank mulozimi.

“Ozodlik”ning bu boradagi so‘roviga tasdiq javobini bergan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi navbatchisi tafsilotlarni ochiqlamadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Asakabank” aksiyadorlik tijorat banki sobiq raisi Qahramon Oripovning dastlabki tergovlarda bergan ko‘rsatmalari asosida GM Uzbekistan korxonasining o‘sha paytdagi rahbari Tohirjon Jalilov va boshqa bir qancha shaxslar ham hibsga olingandi.

Toshkent shahar prokuratrasining alohida muhim ishlar bo‘yicha tergov guruhi tomonidan o‘rganilgan jinoyat ishi doirasida mazkur guruhning Rossiyaga eksport qilishda noqonuniy sxemalar yordamida katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirganligi aniqlangan.

“Jinoiy guruh a’zolari to‘liq reablitatsiya qilindi. Hatto Tohirjon Jalilov shu yilning fevralidan boshlab, “O‘zavtosanoat” shirkati raisi o‘rinbosarligiga tayinlandi. Qahramon Oripovga ham ish berilishi, uning faoliyati ham tiklanishiga shubha yo‘q. Endi anglashilishicha, marhum prezident Islom Karimovning ko‘rsatmasi bilan fosh qilingan eksport sxemasi ortida o‘sha paytdagi hukumat rahbarlarining o‘zi turgan. Keyinchalik vaziyat ana shu guruh foydasiga o‘zgardi” deydi “Ozodlik” manbasi.

“Asaka” bankining boshqaruv raisi Qahramon Oripov 2016 yilning 2 fevral kuni prokuratura qoshidagi Departament vakillari tomonidan ish joyda hibsga olingan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoiy qonunchiligining noqonuniy daromadlarni leagllashtirish, jinoiy guruh tuzish, mansabdorlikka oid jinoyatlar majmui bilan ish qo‘zg‘atilgandi.

1995 yili tashkil etilgan "Asaka" banki O‘zbekistondagi eng katta ikkinchi tijoriy bank hisoblanadi. Uning asosiy aksiyadorlari — Moliya vazirligi (54 foizdan ortiq), "O‘zavtosanoat" kompaniyasi (qariyb 13 foiz), O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (qariyb 13 foiz), Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasidir.

Bank sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 1 aprel holati bo‘yicha, “Asaka” ATB jami aktivlari 8,1 trillion so‘mni, jami kapitali esa 955,7 milliard so‘mni tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG