Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:21

RSF: Karimov o‘limi O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi


Qarorgohi Parijda bo‘lgan “Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters sans frontières) tashkiloti 180 mamlakatda so‘z erkinligi vaziyati bo‘yicha bu yil e’lon qilgan hisobotida O‘zbekistonni 169-o‘ringa qo‘ydi. Hisobotga ilova qilingan haritada so‘z erkinligi sohasidagi ahvol eng yomon bo‘lgan davlatlar qora rangga bo‘yalgan. O‘tgan yili O‘zbekiston bu reytingda 166-o‘rinni egallab turgandi.

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotiga ko‘ra, O‘zbekistonda prezident Islom Karimovning 2016 yil avgust oyidagi o‘limi mamlakat tarixida yangi sahifa ochgan.

Karimovning 25 yillik boshqaruvi davrida O‘zbekistonda senzura va mustaqil jurnalistlarni ta’qib qilish kuchaydi.

Lekin, tashkilot hisobotida ta’kidlanishicha, Karimov o‘limidan keyin ham O‘zbekistonda so‘z erkinligi bo‘yicha o‘zgarish ro‘y bermagan.

Hisobotda 2017 yilning fevralida o‘zbek muxolifatchisi Muhammad Solihning jurnalist ukasi Muhammad Bekjonning 18 yillik qamoqdan so‘ng ozod etilgani tilga olinadi. Lekin, hisobot mualliflariga ko‘ra, yana to‘qqiz jurnalist O‘zbekiston qamoqxonalarida o‘ta ayanchli sharoitlarda azob chekmoqda.

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti hisobotida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston hukumati hali ham mustaqil, rasmiy nuqtai nazardan farq qiluvchi xabarlarni berib boradigan Internet saytlariga to‘siq qo‘yishda davom etayapti.

O‘zbekistonda yashrin faoliyat qilayotgan barmoq bilan sanarli mustaqil jurnalistlargam ham bosimlar kuchaygan.

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti ro‘yxatida Skandinaviyaning ikki mamlakati Norvegiya va Shvetsiya so‘z erkinligi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Suriya, Eritreya va Shimoliy Koreya esa so‘z erkinligini eng ko‘p toptayotgan davlatlar sifatida ro‘yxat tubidan joy oldi.

XS
SM
MD
LG