Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:31

"Quvasoyshifer" egasini o‘zgartirgani ortidan 800 kishi ishsiz qoldi


Yiliga 7 mln. 552 ming dona shifer ishlab chiqarib kelgan "Quvasoyshifer" OAJ mahalliy tadbirkor qo‘liga o‘tganidan keyin ishlar to‘xtagan va korxonaning 800 ishchisi ishsiz qolgan. “Quvasoyshifer” kasaba uyushma qo‘mitasi vakili P.T.ning ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka aytishicha¸ o‘tgan oy Quvasoy shahar Mustaqillik ko‘chasi 138 uyda bo‘lib aksionerlar yig‘ilishida Pokiston Islom Respublikasi vatandoshi sarmoyador Taxvir Aftabga tegishli bo‘lgan "Quvasoyshifer"ning 97 foiz aksiyasi andijonlik tadbirkor Olim Nabiqulov tasarrufiga o‘tgan. Shifer biznesi sohasida ishlaydigan tadbirkorning Ozodlikka aytishicha¸ shu kunlarda “Quvasoyshifer” ishlamayapti.

“Quvasoyshifer” kasaba uyushma vakilining aytishicha “zavod modernizatsiya qilinayotgani uchun to‘xtagan”

Zavod nega ega almashtirdi

Shifer biznesi sohasida ishlaydigan tadbirkorning aytishicha¸ rentabelli ishlab kelgan “Quvasoyshifer” joriy yil boshidan “ataylab mushkul ahvolga solib qo‘yilgan”¸ horijiy investor Taxvir Aftab zavod aksiyalarini sotishga majbur bo‘lgan.

Ozodlik o‘z surishtiruvi davomida bu iddaolarga aniqlik kiritishga urindi.

Ozodlik tasarrufidagi hujjatlarda 2013 yilning dastlabki 4 oyi davomida O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasidagi birja savdolari orqali sotilgan 3,1 million list shiferning aksariyati “Quvasoyshifer”da ishlab chiqilgan.

Zavod ishchilarining o‘rtacha oyligi 800 ming so‘mni tashkil qilgan.

Ular sanatoriya va kurortlarga bepul jo‘natilgan.

Ishchilarga 40 tonna kartoshka piyoz tekin tarqatilgan. Umuman zavod ishchilar ovqati uchun 32 mln. 400 ming so‘m mablag‘ ajratgan.

Zavod o‘z foydasi hisobidan shahar madaniyat va istirohat bog‘ini qayta qurish ishlariga har yili kamida 270 mln. so‘m mablag‘ sarflagan.

Ayni zavodda ishlagan muhandisga ko‘ra¸ ular ishlab chiqargan maxsulot haridorgir bo‘lgani bois “Quvasoyshifer” doimo foyda bilan chorakni yakunlab kelgan.

Ho‘sh nega shunday “olam-guliston” zavod to‘xtab qoldi va qo‘ldan qo‘lga o‘tdi? Nega xorijiy investor zavodni sotib mamlakatni tark qildi?

Bu savolga javob bergan shifer biznesi sohasida ishlaydigan tadbirkorning Ozodlikka aytishicha¸ “muvaqqiyatli zavodni qo‘lga kiritish maqsadida “Andijon-asbest” zavodi hom ashyo bermay qo‘ygan.

Oqibatda zavod to‘xtagan va zavodga oid 97 foiz aksiya egasi bo‘lgan investor zavodni sotishga qaror qilgan”

- Shifer nima o‘zi deb savol beraylik o‘zimizga. Shifer bu asbest va sementdan iborat maxsulot. Faqat ikki komponentli maxsulot. Shu komponentdan biri bo‘lmasa maxsulot ishlab chiqarilmaydi. “Andijon-asbest” va unga Qozog‘istondan asbest yetkazib beradigan shirkat til biriktirib “Quvasoyshifer”ga asbest berishmadi. Oqibatda “Quvasoyshifer” sindi deya iddao qildi suhbatdosh.

Unga ko‘ra O‘zbekistonda asbest yetkazib berish tor guruh monoplik qilgan sohaga aylangan.

Asbest diktaturasi

Ozodlik o‘z surishtiruvi davomida “Quvasoyshifer” zavodini sotib olgan tadbirkorning “Andijon-asbest” zavodiga aloqasi borligini tasdiqladi.

Ayni paytda Ozodlik Pokiston Islom respublikasi vatandoshi sarmoyador Taxvir Aftab va “Quvasoyshifer” zavodini sotib olgan tadbirkor bilan bog‘lana olmadi.

Ozodlikka yana ma’lum bo‘lishicha asbest etkazib berishni o‘z nazoratiga olgan tor guruh O‘zbekistondagi shifer ishlab chiqaruvchi korxonalarini birma-bir o‘z qo‘liga o‘tkazmoqda.

Ozodlik kamida ikkita bankrotga uchragan shifer ishlab chiqaruvchi tsex egalari bilan gaplashdi. Ularning har ikkalasi ham asbest bo‘lmagani uchun “singanidan” shikoyat qilmoqda.

XS
SM
MD
LG