Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 08:25

Onkologiya markazi remontiga medpersonal safarbar qilindi, operatsiyalar kechikmoqda


Respublika onkologiya ilmiy markazi

Respublika onkologiya ilmiy markazi qaytadan tashkil etilib¸ tarkibida Saratonga qarshi kurshash markazi tuzilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika onkologiya ilmiy markazi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta tashkil qilinayotgani ortidan klinikada jadal ta’mir ishlari ketmoqda.

Markazda ishlaydigan vrach Ozodlikka 4 apreldan beri davom etaëtgan ta’mir ishlariga hamshira va vrachlarning safarbar qilinayotganidan shikoyat qildi.

Vrachning aytishicha¸ malakali vrachlar oddiy mardikor qiladigan jismoniy mehnatga majbur qilinmoqda:

- Yangi tashkil qilinayotgan onkologiya ilmiy markazi uchun olib kelingan mebellarni tashish¸ yig‘ish kabi ishlarga vrachlar jalb qilingan. Bundan tashqari mebel olib kelgan transportchilar haqini to‘lash ham vrachlar zimmasiga o‘llon qilib qo‘yildi. Hamshiralar ham hammol kabi g‘isht tashib yotibdi. Kasalxonaning umumiy ritmi buzilgan¸ rejalangan amaliyotlar kechiktirilgan. Klinikadagi vrachlar va boshqa medpersonal ruhan va jismonan charchagan¸ dedi vrach.

Онкология маркази шифокорлари таъмирлаш ишларига мажбурланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:44 0:00

Ilmiy markaz mulozimi: Bu oddiy hashar, operatsiyalar kechikkani rost

Respublika onkologiya ilmiy markazi bosh vrachi xo‘jalik ishlari bo‘yicha yordamchisining aytishicha¸ Ozodlikka shikoyat qilgan vrachning iddaolari bo‘rttirilgan:

- Prezident Shavkat Mirziyoevning onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish bo‘yicha 4 aprel qarorini bajarish maqsadida onkologiya markazida tashkiliy ishlar bo‘lyapti. Sohaga oid yangi oborudovanielar keltirildi. Shu soha vrachlari o‘zlari yuklarni tushirib¸ yashiklarini ochib o‘rnatib yig‘ib turibdi. Keyin qaytarib olish sharti bilan vrachlar yuk olib kelganlarning haqini bervorishdi. Ular kutib turmaydiku?! Kvitantsiyasi bor. Ishlar izga tushib ketganidan keyin vrachlarni oyligiga qo‘shib yozib yuboramiz. Hamshiralar har yilgi kabi ko‘klamgi obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan. Operatsiyalar kechikkani to‘g‘ri¸ lekin bunga uzrli sabab bor. Markaz qayta tashkil qilinyapti¸ deydi ismi aytilishini istamagan mulozim.

Taxta tashiyotgan hamshiralar

Onkologiya markazidagi vaziyatga mahalliy jurnalistlar ham qiziqish bildirgani ma’lum bo‘ldi. Ulardan birining Ozodlikka aytishicha¸ markazdagi korpuslardan birida 28 aprel kuni ham ta’mir ishlari ketayotgan edi:

- Ta’mirchilar ishlayapti¸ hamshiralar esa qurilish bo‘layotgan joyni supurib-sidirmoqda. Oq xalat kiygan va beyjigida "vrach" deb yozilgan kishilarning og‘ir qutilarni tashib yurganini ham ko‘rdim. Ularning aytishicha, sakkiz kun oldin ish rosa qizigan¸ hozir esa sal-pal maromga tushgan. Medpersonal kuni bilan ishlasa ham yarim stavka oylik olaëtganidan nolidi¸ deya ta’kidlagan muxbir o‘z gaplariga ilova sifatida fotosuratlar yubordi.

Bu tasvirlarda taxta¸ qurilish narvoni va g‘isht tashiyotgan hamshiralar aks etgan.

Loyqa suvda baliq tutish

Ozodlik suhbatlashgan onkologiya ilmiy markazi vrachi rekonstruksiya uchun ketgan pulga yangi markaz qursa bo‘lar edi, deya fikr bildiradi:

- Balkim bu ya’ni ta’mir bahonasida pul o‘zlashtirish¸ odamlarni tekinga ishlatish O‘zbekiston uchun oddiy holatdir. Ammo bu oddiy holat bemorlar taqdirida aks etgani bois, jim tura olmayman. Shu kunda ahvoli o‘ta og‘ir kasallarnigina qabul qilyapmiz. Onkologiya markazi huddi jang maydoniga o‘xshaydi. Vrachlar asabiy¸ kunora skandal. Rekonstruksiya uch yil davom etar ekan. Demak uch yil shunday ahvolda yuramizmi? Bosh vrachga e’tiroz bildirsak prezident farmonini pesh qiladi. Men muhandis emasman, ammo rekonstruksiya uchun ketgan pulga yangi markaz qursa bo‘lardi, degan xulosaga kelganman. Qurilish bo‘layotgani bois tartib-intizom yo‘q bo‘ldi. Bino deyarli qorovullanmayapti. Keyingi bir oy ichida radiologiya markazidan bir necha kompyuter va noyob diagnostika uskunasi o‘g‘irlandi¸ deydi vrach.

Inventar raqami bo‘lmagan uskuna o‘g‘irlangan

Respublika onkologiya ilmiy markazi bosh vrachining ho‘jalik ishlari bo‘yicha yordamchisi yangi olib kelingan uskuna va kompyuterlar o‘g‘irlangani bo‘yicha militsiyaga ariza berilganini bildirdi.

Unga ko‘ra¸ o‘g‘rilar hali inventar raqami qo‘yilmagan noyob diagnostik uskuna va kompyuterlarni o‘marishgan. "Markazda ta’mir bo‘layotgani bois kuzatuv kameralari ishlamagan¸ qurilish jarayonida kirdi-chiqdi ko‘p bo‘lgani bois qorovullar bee’tibor qolgan", deydi mulozim.

Prezident qarori

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur qarorga ko‘ra, Respublika onkologiya ilmiy markazi qaytadan tashkil etiladi va tarkibida saratonga qarshi kurashish bo‘yicha yangi markaz tuzilmoqda.

Ayni qaror asosida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yuridik shaxs tashkil etmasdan, markaz xodimlarining umumiy soni doirasida saraton profilaktikasi markazi va Eksperimental onkologiya markazi tashkil etiladi.

XS
SM
MD
LG