Линклар

17 декабр 2017, Тошкент вақти: 12:52

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanining Hamid Olimjon ko‘chasida yashaydigan 29 yashar Elyor Siddiqovning OzodMikrofon ga aytishicha, uning uyi yaqiniga noqonuniy o‘rnatilgan elektr simyog‘ochning simi uzilib ketishi oqibatida yong‘in chiqqan va uyi yonib kul bo‘lgan.

Elyorning arz qilishicha, u simyog‘ochni uyning yaqinidan ko‘chirish haqida bir necha bor tuman elektr tarmoqlari idorasiga murojaat qilgan, ko‘chirish xarajatlarini ham to‘lagan, lekin mulozimlar bu ishni amalga oshirmagan.

Elyor, elektr tarmoqlari idorasi o‘z aybini tan olganiga qaramay tuman prokuraturasi bu ishni bosti-bosti qilmoqchi bo‘layotganini aytadi.

Elyor bilan suhbatni quyida tinglang:

-----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 602 612 713 va +420 776 368 434 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG