Линклар

14 декабр 2017, Тошкент вақти: 15:03

Qirg‘iziston janubidagi O‘sh viloyati O‘zgan tumanida uylarni qo‘chki bosib qolishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.Tabiiy ofat 29 aprel kuni O‘zgan tumanining Ayu qishlog‘ida ro‘y berdi.

FVVning bildirishicha, bugun ertalab, mahalliy vaqt bilan 4.20da 1 million kub metrlik ulkan tuproq uyumi qishloqdagi 7ta uyni bosib qolgan. Bir uyda hech kim yashamagan.

Qirg‘iziston Favqulotda holatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 1 million kub metr tuproq ko‘chgan.
Qirg‘iziston Favqulotda holatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 1 million kub metr tuproq ko‘chgan.

Halok bo‘lganlarning barchasi, ya’ni 6 oiladan bo‘lgan 24 kishi ofat ro‘y bergan paytda uylarida bo‘lgan.

Halok bo‘lganlarning 9 nafari bolalar ekanligi aytilmoqda. Bolalarning olti nafari maktab yoshida 3 nafari maktabgacha yoshda bo‘lgan.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev ko‘chki oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilgan barcha zarur choralarni ko‘rish haqida hukumatga topshiriq berdi.

Fojia sababli 30 aprel mamlakatda Motam kuni deb e’lon qilindi.

Mamlakat prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, bugun davlat rahbari tegishli buyruqni imzolagan. Ertaga Qirg‘iziston va xorijdagi elchixonalarda mamlakat bayroqlari tushiriladi va ko‘ngilochar tadbirlar to‘xtatiladi.

Prezident Almazbek Atambaev Ayu qishlog‘ida ko‘chki natijasida jabrlanganlarga kerakli yordamlarni ko‘rsatishni topshirdi:

“Bugun Qirg‘izistonda afsuski qaytadan ko‘chki bo‘lib, O‘zgan tumanidagi kichik qishloqninng 10 uyini bosib qoldi. Eng achinarlisi, o‘sha yerda yashagan vatandoshlarimiz, ikki-uch kun avval, ko‘chinglar desa, “ko‘chmaymiz” deb rozi bo‘lishmagan ekan, -dedi Qirg‘iziston prezident Atambaev telemurojaatida.

Xozirda Ayu qishlog‘ida operativ shtab ishlamoqda.

FVV odamlarga xavfsizroq joyga ko‘chish haqida yozma ogohlantirishlar berib kelgan.
FVV odamlarga xavfsizroq joyga ko‘chish haqida yozma ogohlantirishlar berib kelgan.

Favqulodda vaziyatlar vaziri Qubatbek Bo‘ro‘novga ko‘ra, mazkur qishloqda xavfli hududda turgan 30 oila boshqa erga ko‘chiriladi.

Voqea joyiga Mamlakat Jo‘g‘o‘rqu Keneshi raisi Chiniboy Tursunbekov boshchiligidagi deputatlar, birinchi vitse-premyer-ministr Muxammedqaliy Abulgaziev borgan.

Bundan tashqari O‘sh viloyatidan shifokorlar borib fojiada jabrlanganlar yaqinlariga ham yordam ko‘rsatayapti.

Ayu qishlog‘idagi uylar xavfli hududda joylashgani haqda FVV ogohlantirib kelgan.
Ayu qishlog‘idagi uylar xavfli hududda joylashgani haqda FVV ogohlantirib kelgan.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 1996 va 1998 yillari bergan xulosasida, O‘zgandagi qo‘chki ro‘y bergan hududni xavfli, deb topgan va u yerdagi aholi ko‘chirilishi kerakligi haqida tavsiyalar bergan edi.

XS
SM
MD
LG