Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:01

Oltinsoydagi "oltin mafiyasi" o‘rtasida janjal chiqdi (Video)


Bir vaqtlar Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufida bo‘lgan Xatirchi tumani Oltinsoy mavzei Oqtepa mahallasidagi eski konlarda oltin qazib olayotgan g‘ayriqonuniy ikki guruh orasida janjal chiqqan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mojaroda jarohatlanganlar yoki hibsga olinganlar bo‘lmagan.

Oltinsoyda oltin vasvasasi

Voqea guvohi bo‘lgan xatirchilik 42 yashar Salohiddin Ahmedov tashlandiq konlarda yuz bergan voqeani aytib berdi va videosini jo‘natdi.

Videoda tog‘ yon bag‘ridagi toshloq bir joyda janjal qilayotgan qirqqa yaqin odam aks etgan.

Навоий олтин васвасаси
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:06 0:00

Voqea guvohining aytishicha, ikki kundan beri davom etayotgan oltin izlovchilar"razborka"sidan oltinsoyliklarning tinchi buzilgan:

- Janjal bo‘layotgan joyda mahallamizda istiqomat qilayotgan o‘spirinlar ham bor. Ularga ziyon-zahmat yetmasin deb militsiyaga arz qilsak inobatga olmayapti¸ deydi suhbatdosh.

Huquq-tartibot idoralari vakillari ushbu janjaldan xabardorligi va vaziyat nazorat ostida ekanligini aytishdi.

Soëbon ostidagi “oltin biznesi”

Ozodlik bilan suhbatlashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Birinchi gidrometallurgiya zavodi muhandisining iddaosiga ko‘ra, "bu guruhlarga mahalliy rasmiylar, militsiya va prokuratura rahbarlari homiylik qilmoqda".

"Sobiq Ittifoq davrida bu yerlarda geologiya qazish ishlari olib borilgan. Keyin bu konlar tashlab qo‘yildi. O‘n yilcha oldin bu yerda mahalliy aholi, qolaversa boshqa har hil jinoiy to‘dalar o‘zlari ishchi yollab oltin qazdirishdi. Kimlardir bunga homiylik qilishdi. Mahalliy aholi bolalari o‘z jonlarini o‘ylamasdan oltin deb o‘zlarini 100-200 metr keladigan shaxtalarga kirib, qurbon bo‘lishgacha bordi va ko‘pchilikni tosh bosib, o‘liklari tosh tagida xam qolib ketdi. Buni ustiga to‘dalar o‘rtasida janjal va mushtlashuvlarda ham odamlar o‘ldi. O‘rtada bir oz tinchib qoluvdi xozir yana noqonuniy tarzda oltin izlovchilar orasida mojarolar boshlanib tuman notinch bo‘lib turibdi", deydi suhbatdosh.

Xatirchidagi oltin izlovchilar o‘rtasidagi janjal
Xatirchidagi oltin izlovchilar o‘rtasidagi janjal

Portalga shikoyat

Xatirchilik Salohiddin Ahmedov iddaosicha¸ mahalla aholisi “oltin vasvasasi” bois janjal qilayotgan to‘dalar ustidan portalga yozgan bo‘lsa ham Xatirchi tuman IIB va prokuratura xodimlari voqealarni bosti-bosti qilish uchun tirishmoqda:

"IIBga ariza bersak¸ ular voqeani yopishga harakat qilyapti. Shu bois portalga yozdik", deydi suhbatdosh.

Unga ko‘ra, davlat mulozimlari akaxonlik qilayotgan ikkita guruhga oid yollanma ishchilar bemalol kon hududiga kirib, oltin qazimoqda:

"Buni birovga tayanmasdan amalga oshirish qiyin. Agar kimdir qo‘lga olingan bo‘lsa¸ demak buni raqobatchi guruhning akaxoni amalga oshirgan"¸ deydi suhbatdosh.

Prokuratura oltin vosvoslariga qarshi hujumga o‘tgan

Ayni paytda Navoiy viloyat prokuraturasi tergovchisi Oltinsoy mavzeida noqonuniy oltin qazish ishlariga qarshi tizimli choralar ko‘rilayotganini aytdi:

"Ilgari bu hudud "rejimli zona" hisoblanar edi. Hozir bu maqom yo‘q. Lekin bu degani mahalliy va yollanma ishchilardan iborat g‘ayriqonuniy guruhlar bemalol kon hududiga kirib, oltin qaziydi degani emas. Bundan bir yarim yil oldin Oltinsoyda noqonuniy oltin qazib olish bilan shug‘ullangan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortganmiz¸ hozir ham shu yo‘nalishda ishlar tizimli tarzda davom etmoqda", deydi prokuratura xodimi.

Suhbatdosh Navoiy viloyatining Qoraqo‘ton va Oltinsoy hududlarida mahalliy aholi va respublikaning turli hududlaridan olib kelingan yuzlab odam g‘ayriqonuniy oltin qazish bilan bandligini inkor etmagan holda bu holatga qarshi kurash mavjudligini pisanda qildi.

Bir qamalsa biri keladi

2015 yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Qoraqo‘ton konidan tarkibida bir million dollarlik oltin bo‘lgan rudani o‘g‘irlaganlikda ayblanganidan so‘ng Rossiyaga qochib ketgan O‘zbekiston vatandoshi Javlonbek Ismatov rasmiy Toshkent so‘roviga binoan qo‘lga olinib¸ mamlakatga ekstraditsiya qilinib sudga tortilgan edi.

Navoiy prokuraturasi xodimiga ko‘ra, "Javlonbek Ismatov 2012 yildan 2014 yilgacha Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “Qoraqo‘ton” konidan oltin o‘g‘irlaydiganlar jinoiy guruhiga rahbarlik qilgan" va viloyatda qo‘lbola uskunalar yordamida rudadan oltin ajratish tsexlarini tashkil qilgan".

Suhbatdoshga ko‘ra¸ bu guruhlar oltin qazishning o‘ta xavfli ibtidoiy usullaridan foydalanadi. Yer ostidagi konni shamollatish uchun har joy, har joyda tunnellar qazilgan va oltin izlovchilar ana shu tunnellardan beliga arqon bog‘lab 60 metr pastga tushadi; cho‘kich va belkurak yordamida rudani qazib, yuqoriga olib chiqishadi¸ deydi Qoraqo‘ton konidagi vaziyatdan xabardor bo‘lgan manba.

Oltin qurbonlari

Noqonuniy qazuvlarda texnika xavfsizligiga rioya qilinmagani uchun Qoraqo‘tonda o‘lim hollari tez-tez yuz beradi.

Xususan¸ 2014 yili Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi Quvonchbek Jumaev besh nafar sherigi bilan konga o‘g‘rilikka kirib¸ ruda kavlab olayotganlarida, ustlariga tog‘ jinslari qulab tushgan edi.

Jumaev va uning uch nafar sherigi jarohatlangan, ikki nafar sherigi esa tosh ostida qolib nobud bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG