Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:09

Ryabichevlar oilasi Shomahmudovlar haykalining o‘g‘irlangan bo‘lagini bepul tiklab bermoqchi


Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyi oldidan poytaxt chekkasiga ko‘chirilgan Shoahmad Shomahmudov oilasi monumenti oradan 9 yil o‘tib yana shahar markaziga¸ bir bolasini yo‘qotgan ahvolda qaytarildi.

Bronza bolakayni kim o‘g‘irladi?

Mazkur yodgorlik 2008 yilning 12 aprel tunida olib tashlangan paytda haykal majmuiga oid bitta bronza bolaning yo‘qolgani bugunga kelib ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston Madaniyat vazirligining Madaniy meros boshqarmasi me’mori Shermat Sherimbetovning Ozodlikka aytishicha¸ 17 figurali haykaltaroshlik kompozitsiyasi 16 figurali bo‘lib qolgan:

- Tunda ko‘chirilgan paytda bitta bolachaning haykali singan va dom-daraksiz yo‘qolgan. 17 figurali haykal Toshkentning kirish qismiga qayta o‘rnatilganida¸ 16 figurali bo‘lib qolgan. Umuman¸ haykal ko‘chirilganida unga zarar etishini bilgan holda¸ bu galgi ko‘chirishga ham boshqarmamiz qarshi bo‘lgan. Shunga qaramasdan¸ Toshkent shahar hokimligi qayta ko‘chirish haqida qaror qabul qildi¸ deydi mulozim.

Blogger Akmal Rizevning aytishicha¸ bronza bolakay rangli metall tujjorlariga pullangan:

- O‘tgan yili Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek haykalining ham boshini kesib ketishuvdi svetmet biznesmenlari. Bir oy boshsiz turdi haykal¸ deydi blogger.

Haykal 9 yil shahar chekkasida turdi
Haykal 9 yil shahar chekkasida turdi

Madaniyat vazirligi ishtirokisiz ko‘chirilgan haykal

Seshanba peshinga yaqin suhbat paytida mulozim haykalning hali ko‘chirilmaganligini aytgan edi. Ammo Toshkentlik blogger Akmal Rizev haykalning allaqachon "Otchopar" - Ippodrom bozori ënidan Toshkent markaziga olib kelinganini ko‘rsatuvchi fotolarni ham yubordi.

1 may kuni Bobur bog‘iga keltirilgan haykal qismlari
1 may kuni Bobur bog‘iga keltirilgan haykal qismlari

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ haykal kompozitsiyasi yana madaniy meros inspektorlari ishtirokisiz ko‘chirilgan.

Madaniy meros boshqarmasining Toshkentdagi haykallarga mas’ul mulozimi haykal ko‘chirilganligini Ozodlik muxbiridan eshitganida¸ hayron bo‘ldi:

- Yana bizning ishtirokimizsiz ko‘chirishdi. Qonunga ko‘ra¸ Madaniy meros boshqarmasi ro‘yxatida turgan asar boshqarma inspektori ishtirokida ko‘chirilishi lozim edi. Afsus¸ qonunga rioya qilishmabdi¸ deydi mulozim.

Bolg‘a ham¸ sandon ham o‘g‘irlangan

O‘zbekistonlik blogger Akmal Rizevning xabar berishicha, 1 may kuni Shomahmudovlar oilasi yodgorligi prezident Mirziyoev tashabbusi bilan shu yil yanvarida “Do‘stlik bog‘i” deb atala boshlangan sobiq Bobur nomidagi parkka olib kelingan.

- Haykaltaroshlik kompozitsiyasi yuk mashinasida ishchilar tomonidan olib kelindi. Badiiy asar transportirovka qilinganida rioya qilinishi kerak bo‘lgan normalarga amal qilinmadi. Kompozitsiya tarkibidagi o‘g‘il bola haykali¸ bronza atirgullar va bolg‘a bilan sandon ham g‘oyib bo‘lgan¸ deydi blogger.

Чодирҳаëл дастури
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:17 0:00
Бевосита линк

Haykaltarosh oilasi adolat qaror topganidan mamnun

Bu voqea ortidan Ozodlik haykal muallifi¸ 1995 yil olamdan o‘tgan RSFSR Xalq rassomi Dmitriy (Daniil) Borisovich Ryabichev oilasi bilan bog‘landi.

Haykaltaroshning o‘g‘li Rossiyadagi Haykaltaroshlik ijodiy boshqarmasi rahbari Aleksandr Ryabichev Ozodlik bilan suhbatda o‘z otasi yaratgan haykaltaroshlik kompozitsiyasining yo‘qolgan elementlarini ezgu niyatda¸ qalam haqi olmasdan qayta tiklab berishga va’da berdi.

Ozodlik muxbiri rassom oilasining bu taklifini O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmatiga etkazdi.

Taklifni diqqat bilan tinglagan mulozimlar bu gapni “zudlik bilan vazirga etkazishni” va’da qildi.

Dmitriy (Daniil) Borisovich Ryabichev O‘zbekistonda o‘nga yaqin haykal va monumentlar yaratgan rassom sifatida eslanadi.

14 komissar monumenti
14 komissar monumenti

Toshkent markazidagi (ilgarigi Inqilob xiyoboni) Karl Marks haykali¸ Temir yo‘l vokzali ro‘parasidagi "14 komissar" monumenti¸ Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi 1966 yilgi Toshkent zilzilasiga bag‘ishlangan “Matonat” monumenti va Oybek uy muzeyi hovlisidagi Oybek haykali muallifi Ryabichevdir.

"Matonat" haykali
"Matonat" haykali

O‘zbekiston Madaniyat vazirligining madaniy meros boshqarmasi me’mori Shermat Sherimbetovning Ozodlikka aytishicha¸ rassomning "14 komissar" monumenti va Marks haykali mavjud qoidalarga zid tarzda tag-tubi bilan yo‘q qilingan.

"Xalqlar do‘stligi" haykali
"Xalqlar do‘stligi" haykali

Maktub

Maqola bitish asnosida Toshkentda o‘nga yaqin haykal o‘rnatgan haykaltarosh oilasidan Ozodlik muxbiriga maktub keldi. Maktubda to‘qqiz yillik sargardonlikdan so‘ng Shomahmudovlar haykalining markazga qaytarilishi olqishlanadi.

“Otamiz ijodiga mansub haykaltaroshlik kompozitsiyasining Toshkent markaziga qaytayotganidan mamnunmuz. Rahmatli otamiz Toshkentni juda sevar edi. Shomahmudovlar oilasi jasoratidan hayratlanar va bu jasoratni bronzada aks ettirganidan xushnud edi. Kompozitsiyaning barcha qahramonlari asliga qarab yasalgan. Rahmatli otam ularning ko‘pi bilan yaqindan tanish edi. 2008 yilda bu haykalning badarg‘a qilinishidan xafa bo‘lgan edik¸ bugun esa qaytayotganidan xursandmiz. Tarixiy adolat qayta tiklandi¸ degan o‘ydamiz. Bu adolat nafaqat otam yaratgan haykal uchun¸ balki urush sag‘irlarini bag‘riga olgan Shomahmudovlar oilasinig shonli xotirasi uchun ham muhim¸ deb o‘ylaymiz. Haykaltarosh oilasi mansublari Aleksandr¸ Aleksandra¸ Sofiya va Daniela haykalning yo‘qolgan qismlarini qaytadan bepul yasab berib ¸O‘zbekiston davlatiga hadya qilishga qaror qildik. Bu oilamizninghaykal qaytishi bilan bog‘liq adolatli jarayonga qo‘shgan kamtarin hissamiz bo‘ladi. Shu tariqa Ryabichevlar oilasining Toshkent bilan do‘stlik an’anasi davom etadi.

Kamoli ehtirom bilan

Aleksandr, Aleksandra, Sofiya va Daniela Ryabichevlar"¸ deb yozilgan Ozodlik elektron pochtasiga yuborilgan maktubda jumladan.

"Madaniyat vazirligida rag‘bat yo‘q"

Ozodlik bu maktubni darhol O‘zbekiston Madaniyat vazirligi rasmiy saytida keltirilgan minister@mcs.uz manziliga jo‘natdi. Hozircha bu maktub jo‘naatilgan manzildan biror mazmunda javob kelmadi.

O‘zbekistonlik bloger Akmal Rizev vazirlik mulozimlarining haykalni butun qilish niyati yo‘qligini aytadi:

- Madaniyat vazirligining na obro‘si va na yetarli salohiyati bor. Bugun vazirlikdan bexabar haykal ko‘chirilishining o‘zi¸ shaharda kim ega ekanligini namoyon qildi¸ deydi blogger.

XS
SM
MD
LG