Линклар

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizovga ko‘ra¸ dunëning barcha mamlakatlariga chiqishga ruxsat beruvchi stiker (OVIR) berish tizimiga ayrim o‘zgartishlar kiritilmoqda. Bunday ruxsatnoma berish bilan shug‘ullanuvchi ichki ishlar xodimlari soni “keskin ko‘paytirilishi”ni ta’kidlagan Azizov¸ chiqish vizasi va biometrik pasport olish uchun elektron navbat tizimi joriy qilinishini bildirdi.

2 may kungi matbuot anjumanida Ichki ishlar vaziri chiqish vizasi tizimini bekor qilish haqida gapirmadi.

O‘zbekistonliklar harakat erkinligini keskin cheklovchi chiqish vizasi aholining keng noroziligiga sabab bo‘lib kelmoqda va bu tizimni bekor qilish taklifi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga ham kiritildi.

Davlat dasturining 76-moddasida 2017 yilning 3-choragi ichida IIV, TIV, MXX, DBQ, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga “pasport tizimini takomillashtirish orqali xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish tartibini bekor qilish” vazifasi yuklatilgan.

O‘zbekiston o‘z aholisining xorijga chiqishi uchun maxsus tekshiruv tizimi va stiker joriy qilgan dunyodagi sanoqli davlatdan biri va chiqish vizasi tizimi yillardan beri ham mahalliy¸ ham xalqaro huquq faollarining keskin tanqidiga uchrab kelmoqda.

O‘zbekiston o‘z fuqarolarining xorijga safar qilishini cheklovchi dunyodagi ikki davlatdan biri, sobiq sho‘ro hududidagi yagona davlat hisoblanadi.

Avvalroq bir guruh o‘zbekistonliklar chiqish vizasini bekor qilish yuzasidan internetda petitsiya boshlashgan, unga minglab o‘zbekistonliklar imzo qo‘yishgan.

XS
SM
MD
LG