Линклар

19 декабр 2017, Тошкент вақти: 01:27

Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rejap Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashuvi so‘nggida qilgan chiqishida ikki mamlakat orasida aloqalar "to‘liq formatda" qayta tiklanganini ta’kidladi.

3 may kuni Putin va Erdo‘g‘on Rossiyaning Qora dengiz sohilidagi Sochi shahrida uchrashdi.

Suriya masalasi muzokaralar markazida bo‘lgan. Rossiya va Turkiya Suriyada urushayotgan bir biriga qarama-qarshi tomonlarni dastaklab keladi.

2015 yilda Turkiyaning qiruvchi uchoqlari Turkiya-Suriya chegarasida Rossiyaning Su-24 harbiy uchog‘ini urib tushirganidan so‘ng ikki mamlakat orasidagi aloqalarga sovuqchilik tushgandi.

3 may kuni Erdo‘g‘on bilan muzokaralar ortidan so‘zlagan ma’ruzasida Putin Rossiya-Turkiya aloqalari "to‘liq formatda" qayta tiklanganini ta’kidladi.

O‘z navbatida Erdo‘g‘on Sochidan Anqaraga jo‘nash oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida Turkiya va Rossiyaning o‘rtoq hadafi Suriya bo‘xronini siyosiy yo‘l bilan hal etish ekanini aytdi.

Ayni paytda Rossiya, Turkiya va Eron rasmiylari Qozog‘istonda Suriya bo‘yicha muzokaralar kursisiga o‘tirgan.

Rossiya va Eron Suriyadagi Bashar Assad rejimini dastaklaydi. Turkiya esa Assad rejimini ag‘darishni o‘z oldiga maqsad qilgan isyonchi guruhlarni qo‘llaydi.

3 may kuni Qozog‘istonda boshlangan muzokaralarda Suriya hukumati va unga muxolif guruh vakillari hamda BMTning maxsus vakili Staffan de Mistura qatnashyapti.

Sochidagi muzokaralarda Putin va Erdo‘g‘on Turkiya va Rossiya orasida 2015 yil joriy etilgan tijoriy cheklovlarni olib tashlash masalasini muhokama etishdi.

Turkiya o‘z qishloq xo‘jalik maxsulotlari, jumladan pomidorga Rossiya joriy etgan sanksiyalarni olib tashlashni xohlaydi.

3 may kuni Sochida qilgan chiqishida Erdo‘g‘on Rossiya Turkiyaga nisbatan joriy etgan barcha sanksiyalarni bekor qilishiga umid bildirdi.

XS
SM
MD
LG