Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:24

"Tong Jahoni": Rossiyada "qirg‘izistonliklar ovi" ketmoqda


Rossiyada qirg‘izistonlik mehnat muhojirlariga nisbatan politsiya va maxsus kuchlar reydlari avj olmoqda. Bu xabarlarni tarqatayotgan moskvalik huquq himoyachilariga ko‘ra, qirg‘izistonlik muhojirlarni ommaviy tarzda badarg‘a qilish yuqoridan kelgan buyruq asosida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonlik taniqli huquq faoli, “Tong Jahoni” migratsiya loyihalari direktori Valentina Chupik Rossiyada boshlanib ketgan ommaviy deportatsiya holatlari bevosita Qirg‘iziston vatandoshlariga nisbatan amalga oshirilayotganidan xavotir bildirdi.

O‘zining Feysbukdagi sahifasida Valentina Valentinovna qirg‘iz muhojirlariga nisbatan politsiya va maxsus xizmatlar noqonuniy amallarni qo‘llayotganini bildirdi.

Ozodlik bilan suhbatda huquq faoli qirg‘izistonliklarga nisbatan boshlangan “zachistka”ni yuqoridan tushirilgan buyruq asosida olib borilayotgani to‘g‘risida inkor etib bo‘lmas ma’lumotlar borligini bildirdi.

- Birinchidan, bu haqda og‘zaki tarzda politsiya xodimlarining o‘zi gapirmoqda. Ikkinchidan, aniq faktlar mavjud. Moskvada kuni kecha olib ketilgan 7 kishidan tashqari, bugun yana bir qancha ayni holatlar sodir bo‘lgani qayd etildi. Zachistka paytida aynan Qirg‘iziston grajdanlari ushlab qolinayapti va sudga tortilayapti, qolgan pasport egalarini qo‘yib yuborishayapti. Qirg‘izistonliklar o‘zlarining huquqiy holatidan qat’iy nazar badarg‘a qilinmoqda. Bu holatlar Smolenskda, Vladimirda sodir bo‘lgani qayd etildi. Qizig‘i, ushlangan qirg‘izistonliklarning millati o‘zbek, tojik va qirg‘iz, deydi Valentina Chupik.

Mutaxassis keltirgan ma’lumotlarga binoan, 19 aprel kuni Moskvaning G‘arbiy Biryulyovo politsiya bo‘limiga Qirg‘iziston grajdanlari bo‘lmish 1994 yilda tug‘ilgan Abdilda uulu Kalibek, 1990 yilda tug‘ilgan Adilbekov Baktibek, 1987 yilda tug‘ilgan Arapov Zaynobiddin, 1996 yilda tug‘ilgan Davlatov Komron, 1983 yilda tug‘ilgan Dosumkanov Sirg‘abek, 1994 yilda tug‘ilgan Zayniddinov Sirojiddin va 1997 yilda tug‘ilgan Ergashev Davronbek keltirilgan.

20 aprel kuni sud ularni turli bahonalar asosida (mayda bezorilik, spirtli ichimlik ichish, mast holatda mashina boshqarish va hok.) 10 kunlik qamoq jazosi tayinlagan. Valentina Chupik 10 kundan keyin biri o‘zbek, uchtasi tojik va yana uchtasi qirg‘iz millatiga mansub qirg‘izistonliklar hujjatlari joyida bo‘lishiga qaramasdan, “maxsus priyomnik”dan chiqarilmasdan noma’lum tomonga olib ketilganini aytdi.

Muhojirlar Moskovskiy shaharchasi politsiya xonasida topildi, ammo politsiyada ularga nisbatan yangi ma’muriy ish ochilgani – endilikda ular “qayd joyi bo‘yicha yashamagani” vaji bilan Shcherbinskiy tuman sudiga olib borilib, deportatsiya qilinishini bizga ma’lum qildi”, deya davom etadi Valentina Chupik.

- Bularga ochiqchasiga aytishayapti – “Agarda ishingiz yurishsa sizlarni deportatsiya qilamiz, yurishmasa va biz biror narsaga ilinib qolsak – 1,5 yilgacha qamalishingiz mumkin”. Ular terrorchilikka aloqadorlik bo‘yicha ayblanishi mumkin. Men bu odamlar bilan suhbatdan aniqladimki, ushlanganlardan ikkitasi 1,5 oy oldin terrorchilikda gumon qilinayotgan bilan bir kvartirada yashagan ekan. Bu kvartirada unlab boshqa qirg‘izlar ham yashagan. Men bir narsaga tushunmayapman: nima uchun jinoyatchi albatta qirg‘izistonlik bo‘lishi kerak?! Nega bu yetti kishidan tashqari bir guruh ko‘rinishidan rus bo‘lmagan grajdanlar, jumladan rossiyaliklar ushlanayapti-yu, faqat qirg‘izistonliklar yoki Qirg‘izistonda tug‘ilgan rossiyaliklar ushlab qolinayapti??? dedi huquq faoli.

Huquq himoyachilari sayi-harakatlari va jamoatchilik bosimi ostida ushlangan qirg‘izistonliklar 2 may kuni kechga yaqin ozodlikka chiqarildi. Moskovskiy shahri politsiya bo‘limida Ozodlik so‘roviga 10 kunlik qamoq jazosini o‘tagan muhojirlar ozod qilinganini taqdiqlab berishdi.

Миграция юристи Валентина Чупик билан тўлиқ суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:28 0:00
Бевосита линк

Bu suhbatdan bir necha soat o‘tib, Valentina Chupik 3 may kuni Qirg‘iziston elchixonasi talabi bilan yana politsiya borgan ikkita qirg‘iz muhojiri maxsus priyomnik orqali deportatsiya qilinganini ma’lum qildi.

Vaziyatga izoh bergan Qirg‘iziston elchixonasi matbuot xizmati vakilasi Gulbarchin Bayimbetova qirg‘izistonlik bu shaxslar “migratsiya qonunchiligini buzgani sababli ushlab qolingani aniqlanganini” bildirdi. U o‘z yurtdoshlariga mahalliy qonunchilikka rioya qilishni tavsiya qildi.

Huquq himoyachilari 3 may kuni Odintsovo tumanida o‘zlarini “maxsus xizmat xodimlari” deb tanishtirgan noma’lum shaxslar yana 3 nafar qirg‘izistonlik - 1993 yilda tug‘ilgan Abakirov Akbar Abakirovich, 1986 yilda tug‘ilgan Ismailov Muhammadva 1992 yilda tug‘ilgan Kaligul uulu Janibeklarni ish joyidan olib ketgani to‘g‘risida ma’lumot olganini Ozodlikka xabar qildi.

XS
SM
MD
LG