Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:10

IIV: Bolani ona (ota) ning ruxsatisiz chet elga vaqtincha olib chiqish mumkin


Bundan buyon bolani O‘zbekistondan tashqariga qisqa muddatga olib chiqish uchun, agar u otasi bilan chiqayotgan bo‘lsa, onasining, onasi bilan chiqayotgan bo‘lsa, otasining ruxsati talab qilinmaydi. Bu haqda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i muovini Ulug‘bek Toshxo‘jaev bayonot berdi.

Vazirlik rasmiysi aytgan yangi tartibdan joylardagi OVIR idoralari hozircha bexabarligi ma’lum bo‘ldi.

Mulozim yana nima dedi?

Ulug‘bek Toshxo‘jaev voyaga etmagan bolalarni chet elga olib chiqish tartibiga doir o‘zgarishga oid bayonotni Toshkentdagi Xalqaro press klubda Ichki ishlar vaziri va vazirlik boshqarmalari rahbarlari ishtirokida 2 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qildi.

Toshxo‘jaev, shuningdek, bundan buyon chiqish stikerini rasmiylashtirish uchun o‘quv muassasasi tasdiqlagan hujjatlar, anketa, bolaning fotosurati va pasporti bo‘lishi lozimligini aytgan.

Bolaning chet elga otasi bilan chiqishi uchun onasining yoki onasi bilan chiqishi uchun otasining ruxsati horijiy davlatga doimiy yashash uchun chiqilayotgandagina talab qilinishini aytgan IIV rasmiysi.

Farg‘onalik bolasini Rossiyaga qanday olib kelgan?

Bir necha yildan buyon Krasnoyarskda ishlayotgan farg‘onalik Abdunazarning Ozodlikka aytishicha, 2011 yili turmush o‘rtog‘i voyaga yetmagan farzandi bilan Rossiyaga kelishi uchun u Krasnoyarskda notariusga borib, “Xotinim Falonchiga o‘g‘lim Fistonchini o‘zi bilan Rossiyaga olib kelishi uchun ruxsat beraman”, degan mazmunda ishonchnoma rasmiylashtirgan.

Ishonchnomani Abdunazar faks orqali Farg‘onaga jo‘natgan va shundan keyin xotini va o‘g‘li O‘zbekistondan chiqqan.

Surxondaryodan olingan ma’lumot

OVIR tizimining Surxondaryo viloyatidagi idorasi mulozimi Ozodlik savollariga javob berarkan, voyaga yetmaganlarning chet elga chiqish tartibida o‘zgarish yuz bergani to‘g‘risida eshitmaganini aytdi.

Bolaning otasi, masalan, Rossiyada bo‘lsa, surxondaryolik mulozim aytgan tartib bunday:

ota faks orqali O‘zbekistonga ishonchnoma jo‘natadi;

ona bolani birga olib ketishga doir notarius orqali majburiyatnoma rasmiylashtiradi;

ona anketalarni to‘ldiradi;

bolaga pasport beriladi. ("Kinderpasport" dedi mulozim - Bola pasporti)

OVIR tizimining Buxoro viloyatidagi idorasi mulozimi ham surxondaryolik hamkasbi aytgan gaplarni takrorladi

Yunusoboddan olingan ro‘yxatlar

Ozodlik hamkori 3 may kuni Toshkent shahar Yunusobod tuman OVIRida bo‘lib, o‘rganayotganimiz masalaga qiziqdi. Tilga olingan idoradan olingan quyidagi ikki eslatmadan biri “Horijga chiqish uchun to‘planadigan hujjatlar ro‘yxati”:

ikkinchisi esa, “16 yoshga to‘lmagan fuqaroga pasport olish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxati”dir:

Voyaga yetmaganlarga pasport olish tartibi to‘g‘risida huquqiy masalalarga ixtisoslashgan norma.uz sayti materiali bilan mana bu ishorani bosib tanishishingiz mumkin.

Sayt yuristining aynan shu maqolada yozishicha, bolaning chet elga onasi bilan chiqishiga otasining, otasi bilan chiqishiga onasining roziligi 2014 yilda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunga binoan talab qilinadi.

Chet elga chiqish tartibini belgilovchi hujjatlar

O‘zbekiston fuqarolarining chet elga borish tartibi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil, 6 yanvardagi qarori bilan tartibga solinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan eslatma-materialda voyaga yetmaganlarning chet elga chiqish tartibi to‘g‘risida bunday deyilgan:

O‘zbekiston Respublikasining yoshi 16 gacha bo‘lgan fuqarosi chet elga chiqar ekan, uning biometrik pasportidagi stikerda unga hamrohlik qiluvchi kishi to‘g‘risida belgi yoki muhr bo‘luvi lozim.

O‘zbekiston Respublikasining yoshi 15 dan 18 gacha bo‘lgan fuqarolari chet elga ota-onasi yoki vasiylarining notarius tasdiqlagan roziligi bilan mustaqil ravishda hamrohsiz chiqishi mumkin.

XS
SM
MD
LG