Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:07

Tverda ushlangan muhojirlar IShIDga aloqadorlikda gumonlanmoqda (VIDEO)


FSB Rossiyaning boshqa mintaqalarida ham ishidchilarni hibs etmoqda
FSB Rossiyaning boshqa mintaqalarida ham ishidchilarni hibs etmoqda

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Tver viloyatida terrorchilik va IShIDga aloqadorlikda ayblanayotgan yana bir guruh markaziy osiyolikni hibsga oldi. Tver viloyat FSb boshqarmasi mehnat muhojirlari yashayotgan xonani zabt etish videokadrlarini jamoatchilikka e’lon qildi.

Federal xavfsizlik xizmatining Tver boshqarmasi xodimlari Rosgvardiya askarlari bilan hamkorlikda besh nafar markaziy osiyolik ekani aytilayotgan muhojirni qo‘lga oldi.

FSB matbuot xizmati jinoiy guruh tuzganlikda ayblanayotgan bu muhojirlar rahbarining yashash joyidan tintuv paytida bank kartalari hamda pul o‘tkazmalari to‘g‘risidagi cheklar musodara qilinganini bildirdi:

- Guruh yetakchisi tomonidan “Iroq va Shom Islomiy davlati” (IShID) xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilariga ularning terrorchilik faoliyatini ta’minlash maqsadida pul to‘plangan va yuborib turilgan, deyiladi rasmiy xabarda.

Terrorchilik va ekstremizmda ayblanayotgan muhojirlar kvartiralariga maxsus kuchlar uyushtirgan hujum aks etgan navbatdagi operativ videotasvir Youtube portalida paydo bo‘ldi.

E’lon qilingan kadrlarda SOBR va FSB xodimlarining ko‘p qavatli uydagi kvartiralardan biriga bostirib kirgani aks etgan. Ijara kvartira xonalaridan birida politsiyachilarning 5 nafar muhojir yigitni erga yotqizib qo‘yganini ko‘rish mumkin.

Ushlanganlarning qaysi davlat fuqarosi ekani rasman ochiqlanmadi¸ ammo Rossiya ommaviy axborot vositalarida ham namoyish etilayotgan FSB videotasvirida maxsus xizmat xodimlari musodara qilgan hujjatlardan birining Qirg‘iziston pasporti nusxasi ekani ko‘rsatiladi.

Jinoyatchilikda ayblanayotganlardan musodara qilingan chek qog‘ozlari va Sberbank kartalaridan aynan IShID jangarilariga pul o‘tkazilganini tasdiqlovchi dalillar bor-yo‘qligi to‘g‘risida Tverь FSB matbuot xizmati ma’lumot bermadi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra¸ ushlangan besh muhojirdan biriga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 205.1- moddasi 1-qismi – terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish asosida jinoiy ish ochildi”, deyiladi FSB rasmiy xabarida.

Ozodlikka kelayotgan norasmiy xabarlarga ko‘ra¸ 3 aprel kungi Sankt-Peterburg metrosidagi portlashdan keyin Rossiyaning turli mintaqalarida¸ asosan¸ Qirg‘iziston vatandoshlari ommaviy hibs etilmoqda, noqonuniy ravishda sudlanib, deportatsiya qilinmoqda.

Rossiya matbuoti Sankt-Peterburg metrosidagi portlash ijrochilarini IShIDga aloqador deb e’lon qilganiga qaramay¸ bu terakt uchun mas’uliyatni Al-Qoida terror guruhiga aloqador "Imom Shomil batalyoni" o‘z zimmasiga oldi.

Bu xabarni tarqatgan SITE Intelligince Group saytiga ko‘ra, o‘shlik Akbarjon Jalilov "Imom Shomil katibasi" a’zosi bo‘lib, xudkushlik qilishga buyruq bevosita Al-Qoida yetakchisi Ayman az-Zavohiriy tomonidan berilgan.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG